GulDPI. uz | Rasmiy
4.6K subscribers
12.5K photos
1.4K videos
49 files
4.25K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳
#GulDPIda_xitoylik_xamkorlar

Bugun Guliston davlat pedagogika  institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay ta'lim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari Cheng Bin xonim boshchiligidagi delagatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika hamda biologiya o'quv laboratoriyalarining jihozlanganligi bilan yaqindan tanishtirildi.

Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay ta'lim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari Cheng Bin xonim o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida kelgusida institutda zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularni ilg'or tajribalar asosida hamkorlikda jihozlash, xorijiy stajirovkalarni yo'lga qo'yish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasining pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PHD) dotsent Nurumbekova Yarkinoy Anarmatovna ayni paytda Qozon federal universitetining, Filologiya va madaniyatlararo aloqa institutida "Pedagogik sinflar faoliyatini o‘rganish" mavzusiga qaratilgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Seminar-treninglarni universitetning tajribali professor-o'qituvchilari olib bormoqda.

Ayni vaqtda kollej, litsey va maktablarda pedagogik sinflar faoliyati o‘rganilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Respublika_konferensiya

Guliston davlat pedagogika institutida “Mediamakomda axborot madaniyatini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.

🌿Anjumandagi asosiy maʼruzalarda O'zMU professori B.Tuychiyev, O'R FA A.R.Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, f.f.d. professor B.Karimov, Q.Nazarov, JDPU f.f.d. professor B.Ochilova, O'zMU professori, f.f.d. N. Abdullayeva, GulDU professori R.Mahmudov, Professor K.Kalonov, JDPU professori,f.f.d. A.Saidqosimov, F.Abdullayev, "Yangi Sirdaryo" gazetasi bosh maharriri B.Boymurodov, O'zMU tadqiqotchisi B.Masharipovlar nutq soʻzlashdi.

⚜️Konferensiya oʻz ishini shoʻbalar kesimida davom ettirmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website