GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
49 files
3.67K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik πŸ‡ΊπŸ‡ΏπŸ‡¨πŸ‡³
#GulDPIda_xitoylik_xamkorlar

Bugun Guliston davlat pedagogika  institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay ta'lim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari Cheng Bin xonim boshchiligidagi delagatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya a'zolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika hamda biologiya o'quv laboratoriyalarining jihozlanganligi bilan yaqindan tanishtirildi.

Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay ta'lim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona rahbari Cheng Bin xonim o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida kelgusida institutda zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularni ilg'or tajribalar asosida hamkorlikda jihozlash, xorijiy stajirovkalarni yo'lga qo'yish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website