GulDPI. uz | Rasmiy
4.5K subscribers
13.3K photos
1.56K videos
52 files
4.61K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Live
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinatorlar
#Sharaf_lentasi
#Xotiraday

Xotira abadiy - qadr muqaddas!

🎗 Guliston davlat pedagogika institutida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan faol yoshlar hamda institut koordinatorlari ishtirokida "Sharaf lentalari" tarqatildi.

🔰 Aksiyada siz ham faol ishtirok eting!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
May 8, 2024
#E’lon #Ovozli_chat

⚡️Bugun, soat 11:30 da mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlari yuzasidan ovozli chat bo‘lib o‘tadi

Unda qabul talablari bilan bog‘liq barcha savollaringizga vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislari javob berishadi.

Eslatma: mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar 1-iyunga qadar phd.mininnovation.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

🔊Ovozli chatda ishtirok etish uchun havola:
👉
https://t.me/ilmiy_darajali_kadrlar?livestream=f33cd5c3b58fc14b19

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
May 8, 2024
“Yangi yulduzlar” Respublika musuqiy va ijodiy tanlovi g'olibi bilan tanishing

Joriy yilning 4- 6 may kunlari Shahrisabz shahrida “Yangi yulduzlar” Respublika musuqiy va ijodiy tanlovida “Ijtimoiy gumanitar fanlar” fakulteti Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi 27-22 guruh talabasi Shirinbayeva Sarvinoz Tasviriy san’at yo‘nalishi “Milliy usuldagi naqsh” mavzusida chizgan asari faxirli 1-o‘rin deb topildi.

Talaba qizimizga bunday yutuqlar barfavon bo'lishini tilab qolamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
May 8, 2024
Xotira turniri ochilish marosimi

"Unutmoq osonmas sizlarni" shiori ostida xotira turniri o'tkazildi.

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Guliston davlat Pedagogika institutida joriy yilda baxtsiz xodisa tufayli bevaqt olamdan ko'z yumgan, sobiq viloyat sardorlari Saidxasanxon va Saidxusanxon Vafoyevlar xotirasi sharafiga "Unutmoq osonmas sizlarni" shiori ostida mini futbol bo'yicha xotira turniri tashkil etildi.

Turnirning ochilish marosimida O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi A.Raxmonov, Guliston davlat Pedagogika instituti birinchi prorektori J.Komilov hamda marhum yigitlarning otasi S.Vafoyevlar tomonidan, sobiq viloyat sardorlarining o'tgan qisqa umrlari davomida nafaqat viloyatimiz, balki butun Respublika miqyosida eng faol sardorlar sifatida tanilgani, amalga oshirgan namunali ishlariga atroflicha to'xtalib o'tildi va o'tganlar haqiga duo qilindi.

Jarayonlarni biz bilan kuzatishda davom eting

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
May 8, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDPI_koordinatorlar
#Sharaf_lentasi
#Xotiraday

Guliston davlat pedagogika institutida "Sharaf lentasi"ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi

Ikkinchi jahon urushida matonat ko‘rsatgan hamyurtlarga ehtirom ramzi sifatida “Sharaf lentasi”ni ulashish aksiyasi o‘tkazildi.

Vatanga munosib xizmat qilgan yurtdoshlarimizga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bugungi aksiyaning talaba-yoshlarni nihoyatda to‘lqinlantirdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
May 8, 2024
Forwarded from Edu.uz
#live #matbuot_anjumani

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani boshlandi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farxod Mirzayev hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasini shakllantirish va taqsimotini amalga oshirish tizimini takomillashtirish; bilimli yoshlarni tanlov asosida qabul qilishning yangi tizimini joriy qilish; ta’lim grantlarini ikkinchi va undan yuqori kurslarda qayta taqsimlash amaliyotini joriy etish; oliy ta’lim yo‘nalishlarini maqbullashtirish kabi qator yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

Anjuman tafsilotlari vazirlikning Youtubedagi sahifasida jonli efirga uzatilmoqda 👉

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
May 8, 2024