GulDPI. uz | Rasmiy
4.61K subscribers
12.4K photos
1.4K videos
49 files
4.23K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Yosh zoolog (malakolog) lar” deb nomlangan navbatdagi to'garak mashg'uloti o'tkazildi

💫Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiy fanlar kafedrasi kata o'qituvchisi Zafarjon Maxmudjonov tomonidan "Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Biologiya)" yo'nalishi talabalariga “Yosh zoolog (malakolog) lar” deb nomlangan navbatdagi to'garak mashg'uloti o'tkazildi.

Ushbu to'garakni o'tkazishdan maqsad yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazib,ularda kasbiy metodik tayyorgarlik, ilmiy tadqiqot ishlarni va mutaxasislik fanlarini chuqur o’rgatishdan iborat.

To'garak mashg'ulot davomida ilmiy tadqiqot mavzularini tanlash, maqola yozishni o‘rganish usullari mavzusi bo‘yicha tushunchalar berildi.

To‘garak mavzusi talabalarga qiziqarli bo‘lishi uchun sohani yetakchi olimlari tomonidan uyushtirilgan ekpeditsiyalardan namunalar ko‘rsatildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish boʻyicha topshiriq asosida pedagogika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining 16 nafar professor - o‘qituvchilari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 4-11 may kunlari M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida malaka oshirishga yuborildi.

Malaka oshirish kursida Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) Misirova Nodira Tovbayevna pedagogik sinflar tashkil qilish bo‘yicha Belarus tajribasini o'rganmoqda.

Shuningdek, malaka oshirish dasturida Belarus Respublikasidagi pedagogik sinflar tashkil qilingan maktablarning amaliy tajribasini o‘rganish ham ko‘zda tutilgan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Taziya

Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti tyutori Sherbekov Dilshodning  padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor qiladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi navbatdagi hamkorlik ishlari

Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi professor-o'qituvchilari S. Ahmadqulov va M. Fayzullayevlar Oqoltin tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab internati va 8-umumiy o'rta ta'lim maktablariga tashrif buyurishib, 9 va 11-sinf  o'quvchilari bilan "Kelajak kasblari" mavzusida davra suhbatlari o'tkazishdi.

Suhbat davomida bitiruvchi sinf o'quvchilariga institut haqida hamda   OTM larga kirish bo'yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, 9-sinf o'quvchilariga institut qoshidagi Akademik litseyining imkoniyat va shart-sharoitlari haqida ham tushuntirib o'tildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“9 may - Xotira va qadrlash kuni”

⚡️ Joriy yilning  7-may kuni  Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’quvchilari  “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  Guliston shahri Xotira maydoniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida o’quvchilar motamsaro ona haykali poyiga gullar qo’yishdi.

Xotira mayodina tashrif davomida xotira kitoblariga nomlari qayt etilgan zotlarni xotirlashdi. Shu bilan birga yoshlar ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari D.Jo’raboyev o’quvchilarga Xotira va qadirlash kuni , uning mazmun va mohiyati haqida tushunchalar berdi. 

💥Tadbir yuqori saviyada va  o’quvchilar faolligi bilan o‘tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website