GulDPI. uz | Rasmiy
4.61K subscribers
12.4K photos
1.4K videos
49 files
4.23K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#G'alabali yurishlar davom etmoqda

Joriy yilning 1- 6 may kunlari Samarqand shahrida Karate wkf bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tdi .

Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoa a'zosi Guliston Davlat Pedagogika Instituti Jismoniy madaniyat ( xotin-qizlar sporti)  yo'nalishi 35-22- guruh talabasi Yakubova Farangiz talabamiz kumush medal sohibasi bo'ldi.

Institutimiz talabasiga keyingi musobqalarda zafarlar tilab qolamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“9 may - Xotira va qadrlash kuni”

⚡️ Guliston davlat pedagogika instituti “Pedagogika” kafedrasi  jamoasi tomonidan  2024-yil 6-may kuni  “9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan  viloyatimizning faxriy olimlaridan:

“Shuhrat” medali va  “Xalq taʼlimi aʼlochisi” ko‘krak nishoni sohibi, serqirra, ibratli hamda namunali ustoz Suvanov Omon Suvanovich va  tarix fanlari nomzodi, dotsent,  Turon fanlar akademiyasining faxriy  akademigi tarixchi olim Orif Ayupov hamda  Turon fanlar akademiyasining faxriy akademigi, pedagogika fanlar nomzodi, professor,  pedagog olim Xabibullo Abdukarimovlarning ilmiy-pedagogik va ijodiy  faoliyatiga bag‘ishlangan “Uch avlod uchrashuvi” mavzusi maʼnaviy tadbir yuqori saviyada  bo‘lib o‘tdi. 

💥Tadbir yuqori saviyadagi talabalar faolligi bilan o‘tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Yosh zoolog (malakolog) lar” deb nomlangan navbatdagi to'garak mashg'uloti o'tkazildi

💫Guliston davlat pedagogika instituti Aniq va tabiy fanlar kafedrasi kata o'qituvchisi Zafarjon Maxmudjonov tomonidan "Aniq va tabiiy fanlar o’qitish metodikasi (Biologiya)" yo'nalishi talabalariga “Yosh zoolog (malakolog) lar” deb nomlangan navbatdagi to'garak mashg'uloti o'tkazildi.

Ushbu to'garakni o'tkazishdan maqsad yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazib,ularda kasbiy metodik tayyorgarlik, ilmiy tadqiqot ishlarni va mutaxasislik fanlarini chuqur o’rgatishdan iborat.

To'garak mashg'ulot davomida ilmiy tadqiqot mavzularini tanlash, maqola yozishni o‘rganish usullari mavzusi bo‘yicha tushunchalar berildi.

To‘garak mavzusi talabalarga qiziqarli bo‘lishi uchun sohani yetakchi olimlari tomonidan uyushtirilgan ekpeditsiyalardan namunalar ko‘rsatildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 6-yanvardagi 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish boʻyicha topshiriq asosida pedagogika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining 16 nafar professor - o‘qituvchilari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 4-11 may kunlari M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida malaka oshirishga yuborildi.

Malaka oshirish kursida Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD) Misirova Nodira Tovbayevna pedagogik sinflar tashkil qilish bo‘yicha Belarus tajribasini o'rganmoqda.

Shuningdek, malaka oshirish dasturida Belarus Respublikasidagi pedagogik sinflar tashkil qilingan maktablarning amaliy tajribasini o‘rganish ham ko‘zda tutilgan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website