GulDPI. uz | Rasmiy
4.62K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.21K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Institut va maktablar o'rtasidagi navbatdagi hamkorlik

Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi o'qituvchilari maktablar bilan oliygoh dasturlari doirasidagi hamkorlikni ta'minlash maqsadida Mirzaobod tumanidagi 16 va 25-maktablarda bo'lishdi.

Uchrashuv davomida maktabda o'qitiladigan fanlarni institutning tegishli ta'lim yo'nalishlariga uzviyligini ta'minlash bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, maktabning bitiruvchi sinflari bilan suhbat o'tkazildi.

Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo'shish institutning ustuvor vazifalaridan biridir.

🚀Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#G'alaba muborak

“Uzbekistan open” xalqaro turnirida ishtirok etgan Institutimiz talabasi Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti ) yo'nalishi 35-22 - guruh talabasi Yakubova Farangiz 23–aprеl- 1-may kunlari sportning Karate va parakarate (WKF) bo'yicha Urganch shahrida o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o'tkazilgan  “Uzbekistan open” xalqaro turnirida ishtirok etib faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Institutimiz talabasiga keyingi musobqalarda zafarlar tilab qolamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi navbatdagi hamkorlik Sardoba tumani

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari Sardoba tumanidagi 12 va 17-umumiy o'rta ta'lim maktablari va 21-ixtisoslashtirilgam maktablarga tashrif buyurishib 9-11-sinf o'quvchilari bilan "Kasbim-faxrim mening" mavzusida davra suhbatlari o'tkazishdi.

Suhbat davomida institut haqida batafsil ma'lumotlar berildi va o'quvchilarni tomonidan OTM larga kirish bo'yicha berilgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek 9-sinf o'quvchilariga institut qoshidagi Akademik litsey haqida ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi hamkorliklar davom etmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi o'qituvchilari Boyovut shaharchasidagi 1, 52, 46-maktablarining 9-sinf o'quvchilarini akademik litsey va 11-sinf o'quvchilarini Oliy ta'limga jalb qilish maqsadida suhbat o'tkazildi.

Suhbatda o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Presidentining " Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022 yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori, institutdagi ta'lim yo'nalishlari va institut qoshidagi akademik litsey bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Suhbat yakunida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#favvoralar_kuni

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi qarori bilan O‘zbekistonda 1-may mamlakatda “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.

⭐️ Ayni vaqtlarda Guliston davlat pedagogika instituti  talaba-yoshlari 1-may – Favvoralar kunini nishonlashmoqda, favvora atrofida ko'ngil yozib, bo'sh vaqtlarini maroq bilan o'tkazmoqdalar.

Xalqimizga favvoralar bayrami kunida yana bir bor xursandchilik tilaymiz.

Va qalblarimizda mehr-oqibat, samimiyat kabi tuyg‘ular ana shu favvorlar kabi otilib tursin.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi navbatdagi hamkorlik Guliston tumani

Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik kafedrasi professor-o'qituvchilari Guliston tumanidagi 1,5,29 va 15-umumiy o'rta ta'lim maktablariga tashrif buyurishib 9-11-sinf  o'quvchilari bilan "Kasbim-faxrim mening" mavzusida davra suhbatlari o'tkazishdi.

Suhbat davomida institut haqida batafsil ma'lumotlar berildi va bitiruvchi bosqich o'quvchilarga OTM larga kirish bo'yicha berilgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek 9-sinf o'quvchilariga institut qoshidagi Akademik litsey haqida ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website