GulDPI. uz | Rasmiy
4.61K subscribers
12.4K photos
1.4K videos
49 files
4.23K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ma’rifat ulashib

Guliston  davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Batafsil: Sirdaryo MTR Diyor yangiliklarida so'z boradi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
DIQQAT E'LON

Hurmatli institutimiz talabalari institutimizda 2-7 may kunlari sportning mini-futbol,milliy kurash va shaxmat turlari bo'yicha "xotira turniri bo'lib o'tadi.

Institutimiz talabalari xar bir yo'nalish 1 kurs xamda 2 kurs talabalari alohida kamanda qilinishi so'raymiz g'olib bo'lgan jamoa va talabalar institutimiz "sport klubi" tomonidan estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Murojat uchun tel: +998903121406
+998974451514

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi navbatdagi hamkorlik

Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi o'qituvchilari maktablar bilan oliygoh dasturlari doirasidagi hamkorlikni ta'minlash maqsadida Mirzaobod tumanidagi 16 va 25-maktablarda bo'lishdi.

Uchrashuv davomida maktabda o'qitiladigan fanlarni institutning tegishli ta'lim yo'nalishlariga uzviyligini ta'minlash bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, maktabning bitiruvchi sinflari bilan suhbat o'tkazildi.

Maktablar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish va ularning rivojlanishiga hissa qo'shish institutning ustuvor vazifalaridan biridir.

🚀Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#G'alaba muborak

“Uzbekistan open” xalqaro turnirida ishtirok etgan Institutimiz talabasi Jismoniy madaniyat (xotin-qizlar sporti ) yo'nalishi 35-22 - guruh talabasi Yakubova Farangiz 23–aprеl- 1-may kunlari sportning Karate va parakarate (WKF) bo'yicha Urganch shahrida o‘smirlar va kattalar o‘rtasida o'tkazilgan  “Uzbekistan open” xalqaro turnirida ishtirok etib faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdi.

Institutimiz talabasiga keyingi musobqalarda zafarlar tilab qolamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi navbatdagi hamkorlik Sardoba tumani

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari Sardoba tumanidagi 12 va 17-umumiy o'rta ta'lim maktablari va 21-ixtisoslashtirilgam maktablarga tashrif buyurishib 9-11-sinf o'quvchilari bilan "Kasbim-faxrim mening" mavzusida davra suhbatlari o'tkazishdi.

Suhbat davomida institut haqida batafsil ma'lumotlar berildi va o'quvchilarni tomonidan OTM larga kirish bo'yicha berilgan savollarga javoblar berildi.

Shuningdek 9-sinf o'quvchilariga institut qoshidagi Akademik litsey haqida ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va maktablar o'rtasidagi hamkorliklar davom etmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti O'zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi o'qituvchilari Boyovut shaharchasidagi 1, 52, 46-maktablarining 9-sinf o'quvchilarini akademik litsey va 11-sinf o'quvchilarini Oliy ta'limga jalb qilish maqsadida suhbat o'tkazildi.

Suhbatda o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasi Presidentining " Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi Oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022 yil 21-iyundagi PQ-289-sonli qarori, institutdagi ta'lim yo'nalishlari va institut qoshidagi akademik litsey bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Suhbat yakunida o'quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website