GulDPI. uz | Rasmiy
4.62K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Bu yil test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

JAVOB:
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔸 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball: 189.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari — 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari — 15-25% oralig‘ida.

❗️ Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ⓜ️anba

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#so‘ragan_edingiz
#abituriyent2023

SAVOL: Ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshiradigan abituriyentlar ham 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlasa bo‘ladimi?

JAVOB: Yo‘q,
alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari (masalan, sport, madaniyat, jurnalistikaning ayrim yo‘nalishlari)ni tanlagan abituriyentlar faqat bitta yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Buning sababi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i Abdusamad Mamanazarov tomonidan videoda batafsil izohlangan.

Ma’lumot o‘rnida “Yoshlar” telekanali bilan hamkorlikda haftaning har payshanba kuni soat 15.00 dan 16.00gacha “Abituriyent-2023“ loyihasi efirga uzatiladi. Unda shu kabi qabulga doir savollarga javob olishingiz mumkin.

📹 “Abituriyent-2023“ loyihasi ilk sonini to‘liq ko‘rish
:
👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk

Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qachon va qanday topshiriladi?

JAVOB:
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun qabul 10-iyulda yakunlanadi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz va my.gov.uz saytlari orqali ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun abituriyentlardan faqatgina 2 ta hujjat talab etiladi:

👉 biometrik pasport yoki ID-karta;
👉 umumiy o‘rta ta’lim olganligini tasdiqlovchi hujjat.

Shu kabi savollarga javoblar: 👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk

Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Abituriyentlar orasida “bu yil sirtqi (“zaochniy”)ga qabul bo‘lmaydi” degan mish-mishlar tarqalmoqda. Shunga aniqlik kiritsangiz?

JAVOB: yo‘q, bu noto‘g‘ri talqin.
Prezident qaroriga muvofiq 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning faqat 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi (RO‘YXAT). Qolgan pedagogik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish uchun kamida 5 yil ish staji talab etiladi.

Asos: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6079561
Shu kabi savollarga javoblar: 👉
https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz


SAVOL: Bu yil matematika, fizika va kimyo fanlaridan 3-darajali savollar olib tashlandimi?

JAVOB:
Abituriyentlar bu yilgi qabul jarayoniga ham, o‘tgan yilgi singari amaldagi o‘quv dasturlari asosida tayyorlanishi kerak. Ko‘pchilikda testlarning qiyinlik darajasi yuzasidan savollar paydo bo‘ladi.

🔰 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

💠 Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

🟡  oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
🟢  o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
🔵  qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

O‘tgan yilgi ko‘rsatkich ham xuddi shu tartibda amalga oshirilgan.

Shu kabi savollarga javoblar: 👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Menda B2 sertifikati bor. Shunda ijodiy imtihon o‘tkaziladigan universitetlarni ikkitasiga hujjat topshirsam, ijodiy imtihon talab qilinmaydigan boshqa universitetlarga hujjat topshira olamanmi?

JAVOB:
Chet tilidan ijodiy imtihonlar o‘tgan yili 6 ta, joriy yilda esa, 8 ta OTM da o‘tkaziladi. Mana shu 8 ta OTM da o‘tkaziladigan chet tilidan imtihonlarga hujjat topshirgan abituriyentlar boshqa OTM larga hujjat topshira olmaydi.

⭕️ 8 ta OTM muassasasi uchun kirish imtihonlari 4 ta ko‘nikma ijodiy imtihon tarzida o‘tkazilsa, boshqa ta’lim muassasalarida bu imtihonlar test shaklida o‘tkaziladi.

☝️Eslatib o‘tamiz, chet tillaridan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar quyidagilar:
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
• Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
• Samarqand davlat chet tillari instituti;
• Andijon davlat chet tillari instituti;
• Namangan davlat chet tillari instituti;
quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga:
• Toshkent davlat pedagogika universiteti;
• Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
• Nukus davlat pedagogika instituti.

📌 B2 va undan yuqori darajadagi sertifikat chet tili blogidan maksimal ball beradi.

Shu kabi savollarga javoblar: 👉https://youtu.be/t90Nn86FfVk
Qabulga doir foydali bot 👉 @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
DIQQAT! DIQQAT!

#so‘rovnoma 29-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Professor-o‘qituvchilar va Talabalar o‘rtasida oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha Professor-o‘qituvchilar va Talabalar o‘rtasida so‘rovnoma boshlandi!

Ushbu so‘rovnomada barcha Professor-o‘qituvchilar va Talabalar uchun, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so‘rovnomada o‘z fikrini bildirishlari mumkin.

🚀Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website