GulDPI. uz | Rasmiy
4.62K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
An’anaviy intellektual bellashuv o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o‘quv yili davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu doirada an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga  muvofiq “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining 1 hamda 2-bosqich talabalari o‘rtasida 7 jamoadan iborat bellashuv o‘tkazildi.

✔️ Ushbu bellashuv yo‘nalishga o‘tiladigan mutaxassislik fanlariga doir savollar asosida tashkil etildi. 4 bosqichda o‘tkazilgan bellashuv talabalarning o‘tilgan va o‘tilayotgan fanlarga qiziqishining oshishiga va takrorlash uchun asos bo‘lganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

✔️ Bellashuv ko'tarinki ruhda tashkil etilib, g'olib talabalar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi  PQ-5148-son qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 22-apreldan 22-maygacha 2 bosqichda oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilishi belgilangan.

Usbu topshiriqni bajarish maqsadida Guliston davlat pedagogika institutining barcha talabalaridan  jismoniy tayyorgarlik sinovlari qabul qilinmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Vatan ostonasida”

💫 Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida joriy yilning 25-aprel kuni “Talabalar kino kunlari” doirasida talaba-yoshlarga harbiy vatanparvarlik ruhidagi “Vatan ostonasida” badiiy filmi namoyish qilindi.

🎥 Mazkur film namoyishi talaba-yoshlarda vatanga bo‘lgan muhabbat, tinchlik, osoyishtalikni qadrini his qilish va milliy g‘urur tuyg‘ularini shallantirish kabi hislatlarini yanada kuchayishiga zamin yaratdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Muhammad Yusuf el ardog‘idagi shoir

🏢 Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida joriy yilning 26-aprel kuni “Pedagogika” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida

🔖O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavallud topgan kuni munosabati bilan ijodiy kecha tashkil qilindi.
Tadbirda talaba-yoshlar tomonidan shoirning ijodidan na’munalar o‘qildi.

Men dunyoni nima qildim,
O‘zing yorug‘ jahonim,
O‘zim xoqon, O‘zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg‘izim, Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O‘zing mening ulug‘lardan
Ulug‘imsan, Vatanim…


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website