GulDPI. uz | Rasmiy
4.55K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.56K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Ma’rifat ulashib

Guliston  davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. 

Bugun, joriy yilning 24-aprel kuni  institut Madaniyat saroyida  professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida  taniqli adiblar  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hayot Shodmon va Muhiddin Abdusamadlar  bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda  talaba-yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish,  ona Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish  alohida qayd etib o‘tildi. Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.

Talaba-yoshlar tomonidan  sevimli ijodkorlarning eng sara she’rlaridan namunalar o‘qildi  va adiblar ham  yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 24, 2024
#Iqtibos

Agar o'tmish chaqirsa, javob qilmang. Uni sizga aytadigan yangi gapi yo'q.

Kelajakka boqing va yangi marralarni zabt eting.

Ayman Yog'iy


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
❗️#Tezkor_xabar
❗️#Tarqating

🚫Telegramda virus tarqalmoqda!

💻Telegramda shunaqa akkauntdan Sizga yozishsa bloklang, u sizga qandaydir havola/ilova yuboradi. Bilmasdan bosib/kirib qo‘ysangiz plastik kartadagi pullar mablag‘laringiz va telegram akkauntingizdan firibgarlar boshqaruviga o‘tadi!

Fuqarolardan bu kabi soxta ilovalarni yuklab olmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

Ikki bosqichli autentifikatsiyani o'rnating sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;

📱messenjerning "qurilmalar" bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshiring, boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
“Milliy liboslar haftaligi”

⚡️Guliston davlat pedagogika institutida joriy yilning 22-27-aprel kunlari “Milliy liboslar haftaligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, haftaliklar doirasida Pedagogika fakulteti tyutorlari tomonidan.

💫Joriy yilning 25-aprel kuni Boshlang'ich ta'lim, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Oʻzbek milliy liboslari ko'rgazmasi tashkil etildi.

Ko'rgazma talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
⛳️ Milliy sport o’yinlari

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida bugun, joriy yilning 25-aprel kuni, talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sog'lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Milliy sport turlari” boyicha musobaqalar o‘tkazildi.

🤼‍♀️ Musobaqalar qizg‘in bellashuvlar va murosasiz bahslar ostida o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
An’anaviy intellektual bellashuv o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institutining “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi o‘quv yili davomida o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy ishlari doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu doirada an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga  muvofiq “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishining 1 hamda 2-bosqich talabalari o‘rtasida 7 jamoadan iborat bellashuv o‘tkazildi.

✔️ Ushbu bellashuv yo‘nalishga o‘tiladigan mutaxassislik fanlariga doir savollar asosida tashkil etildi. 4 bosqichda o‘tkazilgan bellashuv talabalarning o‘tilgan va o‘tilayotgan fanlarga qiziqishining oshishiga va takrorlash uchun asos bo‘lganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

✔️ Bellashuv ko'tarinki ruhda tashkil etilib, g'olib talabalar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 26, 2024