GulDPI. uz | Rasmiy
4.55K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.56K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Xalqaro miqyosdagi olimlar tomonidan “mahorat darslari” o‘tilmoqda

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti o‘qituvchilari siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov va geografiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Alim Mylkaidarovlar tashrif buyurishgan.

Siyosiy fanlari nomzodi, dotsent Primbek Suleimenov tomonidan Guliston davlat pedagogika institutining “Fizika va astronomiya”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” va "Tarix" yo‘nalishi talabalariga “Falsafa ” fani, “Maktabgacha ta’lim” va “Pedagogika va psixologiya” mutaxassisliklari magistrantlariga “Kasbiy ma’naviyat” fanlaridan “mahorat darslari” o‘tilgan bo‘lsa, geografiya fanlari nomzodi, katta o‘qituvchi Alim Mylkaidarov tomonidan esa “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” ta’lim yo‘nalishi 1 va 2 bosqich talabalriga “Umumiy yer bilimi” hamda “Tabiiy geografiya” fanlaridan dars mashg‘ulotlari olib borildi.
April 23, 2024
1-4.pdf
2.1 MB
#Mutola_uchun

Rivojlanish konsepsiya asosida


Yangi O‘zbekistonda hayotning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni izchil davom ettirish ko‘p jihatdan yosh avlodga bog‘liq. Yuksak bilimli, intellektual rivojlangan, vatanparvar yosh avlodni tayyorlash dolzarb vazifadir.

Shu bois mamlakatimizda yigit-qizlarning ilm-fan va kasb-hunar egallashi, bilim olishi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilmoqda.

“Народное слово” gazetasining navbatdagi sonida Guliston davlat pedagogika instituti ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani Baxtiyor Abdullaevning “Rivojlanish konsepsiyasi asosida” sarlavhali maqolasi chop etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 24, 2024
Ma’rifat ulashib

Guliston  davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. 

Bugun, joriy yilning 24-aprel kuni  institut Madaniyat saroyida  professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida  taniqli adiblar  O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Hayot Shodmon va Muhiddin Abdusamadlar  bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda  talaba-yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish,  ona Vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish  alohida qayd etib o‘tildi. Shu bilan birga, yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi, dunyoqarashining kengaytirishda milliy ma’naviyat va mafkuraning ahamiyati yuqori ekanligi qayd etildi.

Talaba-yoshlar tomonidan  sevimli ijodkorlarning eng sara she’rlaridan namunalar o‘qildi  va adiblar ham  yosh iste’dodlarning ijodidan bahramand bo‘lishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 24, 2024
#Iqtibos

Agar o'tmish chaqirsa, javob qilmang. Uni sizga aytadigan yangi gapi yo'q.

Kelajakka boqing va yangi marralarni zabt eting.

Ayman Yog'iy


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
❗️#Tezkor_xabar
❗️#Tarqating

🚫Telegramda virus tarqalmoqda!

💻Telegramda shunaqa akkauntdan Sizga yozishsa bloklang, u sizga qandaydir havola/ilova yuboradi. Bilmasdan bosib/kirib qo‘ysangiz plastik kartadagi pullar mablag‘laringiz va telegram akkauntingizdan firibgarlar boshqaruviga o‘tadi!

Fuqarolardan bu kabi soxta ilovalarni yuklab olmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz.

Firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi:

Ikki bosqichli autentifikatsiyani o'rnating sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;

📱messenjerning "qurilmalar" bo‘limidagi "Faol seanslarni" tekshiring, boshqa qurilmalar faoliyatini to‘xtating.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
“Milliy liboslar haftaligi”

⚡️Guliston davlat pedagogika institutida joriy yilning 22-27-aprel kunlari “Milliy liboslar haftaligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, haftaliklar doirasida Pedagogika fakulteti tyutorlari tomonidan.

💫Joriy yilning 25-aprel kuni Boshlang'ich ta'lim, Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Oʻzbek milliy liboslari ko'rgazmasi tashkil etildi.

Ko'rgazma talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024
⛳️ Milliy sport o’yinlari

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida bugun, joriy yilning 25-aprel kuni, talaba-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sog'lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Milliy sport turlari” boyicha musobaqalar o‘tkazildi.

🤼‍♀️ Musobaqalar qizg‘in bellashuvlar va murosasiz bahslar ostida o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
April 25, 2024