GulDPI. uz | Rasmiy
4.63K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika  institutida “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” o‘tkazildi

Bugun Guliston davlat pedagogika  institutiga “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” doirasida  Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik  Ibragimov Xolboy Ibragimovich va bir guruh ilmiy tadqiqotchilar tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida institutning professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik hayot yo‘li, pedagog maqomining ma’suliyati haqida ma’lumot berildi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni dars o‘tishda pedagog mahorati  va ta’limni tarbiya bilan oilb borishga qaratilgan ilmiy loyihalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Guliston davlat pedagogika instituti o‘rtasida kelgusida   o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Yoshlar uchun bo'sh ish o'rinlar yarmarkasi tashkil etildi

Aholi va yoshlarni bandligini taminlash maqsadida Sirdaryo viloyoti hokimligi,viloyat prokratursi va Bandiklikni qiskartirish bosh boshqarmasi,  Guliston davlat pedagogika institut bilan xamkorlikda Guliston shaxar markaziy hiyobonida "Bo'sh ish o‘rinlar bo‘yicha ochiq yarmarka" o‘tkazilgan.

Mehnat yarmarkada institut talabalari faol qatnashib o‘zlari qiziqigan ishlar bilan tanishib tashkilotlar tomonidan to‘liq ma'lumotlar olishdi

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Yosh geograflar” to‘garagi faoliyati.

Guliston davlat pedagogika instituti “Ijtimoiy fanlar va san’atshunoslik” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh geograflar” to‘garagi a’zolariga  o‘qituvchi S. Ahmadqulov tomonidan " Dunyoning global ekologik muammolari va ularni bartaraf etish masalalari” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘ulot o‘tkazildi.

“Yosh geograflar” to‘garagining asosiy maqsadi – talaba-yoshlarda ekologik madaniyatni va ekologik tafakkurni shakllantirish, ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, fanga oid qobiliyatlarini va isteʼdodlarini aniqlash hamda kamol toptirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇰🇷

Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Gulistonda O‘zbekiston — Janubiy Koreya, Sirdaryo — Kvansan-Gu
biznes forumi ish boshladi. "Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi"da o‘tayotgan forum ochilishida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev, Janubiy Koreyaning Kvandju metropoliten shahri Kvansan-Gu tumani hokimi Pak Byung Kyu, Koreya-O‘zbekiston biznes assosiatsiyasi (KUBA) raisi o‘rinbosari Kim Chang Keon, Koreyaning yirik biznes vakillari, viloyat tadbirkorlari, ikki tomon OTMlari rahbarlari ishtirok etdi.

Forum doirasida Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jaxongir Karshibayev, Honam Universiteti prezidenti Park, Sang cheol hamda Gwangju Universiteti prezidenti Dongjin Kim o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuv davomida OTMlari o'rtasida ta'lim, fan va innovatsiyalar borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida Guliston davlat pedagogika instituti Gwangju universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolashga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website