GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.1K photos
1.37K videos
49 files
4.13K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali”qiziqarli tarzda tashkil qilindi

Guliston davlat pedagogika institutida “Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali” oʻtkazildi.

Festival “Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi sifatida tashkil etildi.

Festival davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ijodkor talabalarga davra suhbati va mahorat darslari o‘tildi.

Kelgusida mana shunday festival va ko‘rgazmalarni tashkil etishga kelishib olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika  institutida “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” o‘tkazildi

Bugun Guliston davlat pedagogika  institutiga “Akademik va yosh tadqiqotchilar uchrashuvi” doirasida  Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori, akademik  Ibragimov Xolboy Ibragimovich va bir guruh ilmiy tadqiqotchilar tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida institutning professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik hayot yo‘li, pedagog maqomining ma’suliyati haqida ma’lumot berildi.

Bo‘lajak o‘qituvchilarni dars o‘tishda pedagog mahorati  va ta’limni tarbiya bilan oilb borishga qaratilgan ilmiy loyihalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Guliston davlat pedagogika instituti o‘rtasida kelgusida   o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website