GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.34K videos
49 files
4.07K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institut fakultet talabalar o‘rtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” bo‘lib o‘tdi.

Bunda Pedagogika fakultetidan "Yuksalish"jamoasi va Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetidan "Uchqun" jamoalari o'zaro bellashishdilar.

Yakuniy natijalarda  Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Talabalarimizga keyingi bosqichda omad tilab qolamiz.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarning muammolari va qiziqishlari o‘rganildi

Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X.Karshibayevga biriktirilgan yoshlarga alohida e’tibor qaratilib, joylarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinmoqda.

Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshibayev Boyovut tumanidagi “A.Navoiy”, “Sohil” va “Ma’naviyat” mahallalaridan biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvlarda yoshlarning muammolarini hal qilish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish, talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklashish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar hamda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#G'alaba_muborak

🇺🇿 Osiyo ochiq kubogining uchinchi kuni. Yoshlar o’rtasida g’olib va sovrindorlar bilan tanishing!

-48 kg vazn toifasida ayollar:


🥇Sevinch Murodova (O‘zbekiston)🇺🇿
🥈Ulbusin Hakimova (O‘zbekiston)🇺🇿
🥉Sevinch Isroilova (O‘zbekiston)🇺🇿
🥉Milena Borubolotova (Qirg‘iziston)🇰🇬

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Ma’naviyat haftaligi”

⚡️Guliston davlat pedagogika institutida har oyning uchinchi haftasini “Ma’naviyat haftaligi” deb e’lon qilish, haftalik doirasida talabalarni adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga oid tadbirlar, xususan, talaba-yoshlarni taniqli aktyorlar, shoir hamda yozuvchilar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, “Ma’naviyat haftaligi” doirasida joriy yilning 15-aprel kuni institut Madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirokida O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi a’zosi, shoir, “Xalq so‘zi” gazetasini Sirdaryo viloyati bo‘yicha muxbiri A.Shernazarov va jurnalist D.Mirsaaliyevalar bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

🪄Uchrashuvda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website