GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.04K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Тайны русского языка" mavzusida to'garaklar tashkil etilmoqda.

Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o'qituvchilat tomonidan "O'zga tilli guruhlarda rus tili"  yo'nalishi talabalariga "Тайны русского языка" deb nomlangan navbatdagi to'garak mashg'uloti o'tkazildi.

Ushbu to'garakni o'tkazishdan maqsad yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazib,ularda kasbiy metodik tayyorgarlik va til o'rganishni  takomillashtirishdir.

To'garak mashg'ulotida talaba yoshlarga til o‘rganish sir-asrorlarini va uning to'g'ri talaffuzini, so'zlardagi qo'shimchalarning to'g'ri ifodalanishi, so'zlardagi urg'uning o'z o'rnida qo'llanilishi va shu kabi tushunchalarni singdirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Kasbga yoʻnaltirish" bo'yicha davra  suhbatlari bo'lib o'tmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti "Jismoniy madanyat nazariyasi va metodikasi" kafedra oʻqituvchilari viloyatning Mirzabod, Oqoltin, Sardoba va Guliston tumanlaridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida 9-10-11 sinf oʻquvchilariga "Kasbga yoʻnaltirish" bo'yicha davra  suhbati oʻtkazildi.

Suhbat davomida oʻquvchilarga Institut talabalari sport sohasida erishgan yutuqlari  haqida va institutdagi qabul yo'nalishlari bo'yicha maʼlumotlar berildi.

Suhbat so'ngida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga institut masullari  javob berishdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Tyutorlar uchun o‘quv kurslari tashkil etildi

Joriy yilning 1-apreldan 30-aprelga qadar tyutorlarni bilim saviyasi va malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari boshlandi.

Unda tyutorlarga institutning tajribali professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturga asosan yangi bilim va ko'nikmalar berilib, mazkur kurs orqali tyutorlar o'zining kelgusi ish faoliyatlarida qo'llashi mumkin bo'lgan yangi bilimlarni o'rganadilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Kasbga yoʻnaltirish" bo'yicha davra  suhbatlari bo'lib o'tmoqda

Guliston davlat pedagogika instituti "Pedagogika" kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyatning Boyovut tumanidagi 31- va 33-umumta'lim maktablarida davra suhbatlari tashkil etdi.

Qiziqarli tarzda o'tkazilgan davra suhbatida 9-11 sinf oʻquvchilari bilan "Kasbim - faxrim" mavzusida davra  suhbati oʻtkazildi.

Suhbat davomida oʻquvchilarga Institut yo'nalishlari hamda institut qoshidagi Akademik litsey yo'nalishi haqida maʼlumotlar berildi.

Suhbat so'ngida o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga institut mas'ullari  javob berishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Kasbga yo'naltirish bo'yicha davra suhbatlari bo'lib o'tdi.

Guliston davlat pedagogika instituti "Pedagogika" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Guliston shahridagi 1-va 3- umumta'lim maktablarida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat jarayonida 9- 11- sinf o'quvchilari bilan "Men tanlagan kasb" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida o'quvchilarga institut yo'nalishlari va institut qoshidagi Akademik litsey yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berildi.

Suhbat so'ngida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga institut mas'ullari tomonidan kerakli javoblarni olishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website