GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Sirdaryolik Nodira Xorazmlik hunarmandlar bilan tajriba almashdi.

Nodira qo'g’irchoq to’qish sirlarini mukammal egallagan. Xozirda u Guliston pedagogika institutida talabalik bilan bir qatorda Xovos tumani Barkamol avlod markazida o’quvchi qizlariga o’z hunarini o’rgatib kelmoqda.

Ayni damda Xorazm sayohatida bo’lib turgan Nodira ham o’zi to’qigan qo'g’irchoqlarning ko’rgazmasini Xiva shaxriga tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish qildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Hurmatli kitobxon talabalar diqqatiga

Guliston Davlat Pedagogika institutimiz talabalari va xodimlari sizlarni " Kitobxonlik haftaligi " doirasida joriy yilning 2 aprel kuni "Birga kitob o‘qiylik" deb nomlangan ommaviy kitobxonlik aksiyasiga taklif qilamiz.

Aksiyada barcha kitobxon talabalarni faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Institut va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda.

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o’rtasida uzviylikni ta’minlash maqsadida Oqoltin tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Uchrashuv davomida ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlarni institutning tegishli taʼlim yo‘nalishlariga uzviyligini taʼminlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi o’quvchilari bilan suxbatlar o’tkazildi.

Uchrashuv yakunida institut Oqoltin tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GULDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinator_faoliyati
#Shaxmat

Shaxmat - bu kurash , asosan sizning xatolaringiz bilan.

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talabalarini bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida  institut boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan "Shaxmat " intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra

🥇 O'sarboyeva Kamola

🥈 O'rolova Sabina

🥉 Islomova Dilshunos talabalarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Sayyor qabullar inson manfaatlari uchun xizmat qilmoqda

Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.

Xususan Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayevning Shirin shahri "Do'stlik" mahallasi binosida mahalla fuqarolari bilan navbatdagi sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Qayd etish joizki, o‘tkazilgan qabulda asosiy e’tibor fuqarolarning murojaatlarida keltirilgan masala va muammolarini joyida yechimini topishga, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etib, adolat va shaffoflik tamoyillarini qaror topishiga qaratildi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolardan asosan, ta’lim sohasiga taaluqli masalalar ko‘tarildi va joyida tegishli tushuntirishlar, javoblar berildi.

Bundan tashqari, ta’lim sohasida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website