GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
NAVRO'Z – nafosat bayrami

Har yili bahor fasli kirib kelishi bilan yurtimizda Navro'z taomi hisoblanuvchi sumalak pishiriladi. Ushbu taomni tayyorlash nafaqat mahallalarda, balki oliy ta'lim tashkilotlarida ham yaxshi an'anaga aylangan.

Guliston davlat pedagogika institutida bahor faslini munosib kutib olish, Navro'z bayramini nishonlash,ustoz va talabalarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlash maqsadida katta doshqozonda sumalak tayyorlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Assalomu alaykum!

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar!


Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.Fasli navbahor el-u yurtimizga tinchlik va farovonlik, baxt-u saodat olib kelsin!

Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin!

Guliston davlat pedagogika instituti rektori
J.Karshibayev

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Navro'zi olam muborak

Navro‘z o‘zining o‘lmas ruhi, umuminsoniy g‘oyalari bilan bashariyat hayotidan tobora chuqur o‘rin egallamoqda. Bayram munosabati bilan Guliston davlat Pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari tomonidan bayram bilan barchani tabriklaydi.

Bepoyon yurtimizni qamrab olgan xalq sayillarida bugun «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» degan ezgu tilaklar yangramoqda.

Sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish “Navroʻz” umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Ichki_turizm

O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!”

🕌 Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun qadimiy hamda hamisha navqiron Samarqand va Jizzah shahri hamda qadimiy Xovos tepaligiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida  bu kabi tarixiy binolari va boshqa diqqatga sazovor joylari, ko‘p yillik tarixni o‘zida aks ettiruvchi me’moriy obidalari ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.

Bunday ichki turizimlar davom etmoda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#LIVE
#GulDPI

Navro‘z muborak azizlar...

Insoniylik, mehr-oqibat, muruvvat, mehnatsevarlik kabi qadriyatlarni o‘zida ifoda etadigan Navro‘z bayrami eng qadimiy bayramlardan biri hisoblanadi.

Ayni damda Sirdaryo viloyati markazida yangragan sho‘x yallalar barchani o‘ziga chorladi. Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan ham ko'tarinki ruxda bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💐OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z!

Yasharish va yangilanish ayyomi bo‘lgan Navro‘zni xalqimiz kun bilan tunning tenglashuvi, tabiatning uyg‘onishi, umumxalq bayrami sifatida nishonlab keladi. Navro‘z – o‘zbek xalqining asriy va azaliy, milliy bayrami sanaladi hamda yurtimiz bo‘ylab katta tantana qilinadi.

Navro‘z bayrami viloyatimizdagi Sirdaryo markazida, ochiq osmon ostida o‘tkazildi. Guliston davlat pedagogika institutiga ajratilgan maydonda institut professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirokida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram shodiyonasi o‘tkazildi.

Bayram tadbiri davomida fakultet talabalari tomonidan bezatilgan turli noz-ne’matlar bayram dasturxoniga milliy taomlarimiz alohida ko‘rk bag‘ishladi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website