GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Yasharish_va_yangilanish_ayyomi

Xalqimiz bahorni, yasharish va yangilanish fasli – Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutadi. Ushbu bayram mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan.

Bahorning tarovati, yangilanish bayrami Guliston davlat pedagogika institutining Sirtqi ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida "Navro'z - yasharish va yangilanish ayyomi! " shiori tadbir tashkil etildi. Tadbirda "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi talabalarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Milliy urf-odat va an'analarimiz tarannum etilgan sahna ko'rinishlar mehmonlarga ko'tarinki rux baxsh etdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Navrõz_sayli

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Guliston davlat pedagogika institutida"HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN" nomli talaba-yoshlar festivali chin ma’noda talabalar bayramiga aylandi.


Festival shukuhi sportsevarlarni ham chetlab o‘tmadi. Sportning arqon tortish, milliy kurash, futbol turlari bo‘yicha tashkillashtirilgan musobaqalar barcha yoshlarda katta qiziqish uyg‘otib, faol o‘g‘il-qizlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Festivalning badiiy qismida san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Bayram sayli davom etmoqda...

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navro'z_sayli
#Sumalak_2024

Guliston davlat pedagogika institutida "HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN" shiori ostida bayram sayli ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🌍Joriy yilning 19-mart sanasida Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi professor- o'qituvchilari tomonidan 2024-yil 23-mart kuni respublikamizda “Butunjaxon meteorologiya kuni” munosabati bilan talabalar “Yer sharini asraylik” shiori ostida seminar tashkil etildi.

Seminarda Yer sharini muhofaza qilishga chora-tadbirlar, "Ona sayyora"ga xavf soluvchi ekologik muammolar, ularni yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar unda inson omilining o'rni haqida ma'lumot berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
NAVRO'Z – nafosat bayrami

Har yili bahor fasli kirib kelishi bilan yurtimizda Navro'z taomi hisoblanuvchi sumalak pishiriladi. Ushbu taomni tayyorlash nafaqat mahallalarda, balki oliy ta'lim tashkilotlarida ham yaxshi an'anaga aylangan.

Guliston davlat pedagogika institutida bahor faslini munosib kutib olish, Navro'z bayramini nishonlash,ustoz va talabalarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishlash maqsadida katta doshqozonda sumalak tayyorlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website