GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Hashar – ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelgan qadimiy va doimiy qadriyat.

Bugun 17-mart “Umumxalq xayriya hashari"ning 2-kunida Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati, dekanlar, mudirlar, bo'lim boshliqlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

“Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida e’lon qilingan umumxalq xayriya hasharida institut binolarida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ana shunday ezgu niyatlarni ko’zlagan holda institut xodimlari, talaba-yoshlar qolaversa, xalqimiz tomonidan “Navro’z” umumxalq bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazilishi uchun xayriya hasharlari davom etmoqda.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

"Ta'limdagi islohatlar" mavsusida Sirdaryo MTR kanalining Diyor Yangiliklari ko'rsatuvida so'z boradi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖌Institut va ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasidagi hamkorliklar davom etmoqda

💫Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini bajarish doirasida Guliston davlat pedagogika instituti Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurdi. Dastlab ixtisoslashtirilgan maktabda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvda ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan fanlar uzviyligini institutning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida ham taʼminlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida institut Mirzaobod tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Oliy ta'lim muassasasi va ixtisoslashtirilgan maktablar o'rtasida yo'lga qo'yilgan bunday hamkorlik yaqin kelajakda o'z mevasini berishi shubhasiz.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Joriy yilning 18-mart kuni Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilari, magistrantlari va talabalariga “English for Science” mavzusida "O‘zbek tili va tillarni o‘qitish" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan seminar trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.    
Seminarda:                                                                                                                                  
  Ingliz tilida xatolarsiz ilmiy maqola yozish;
  Xorijiy grant loyihalarida ishtirok etish tartiblari;
Xalqaro tanlovlarda qatnashish tartiblariga doir masalalar muhokama qilindi.

Seminar trening mashg‘uloti ishtirokchilari ingliz tilida ilmiy maqolalar yozish va xalqaro grant loyihalarida qatnashish bo‘yicha ma'lumotlarga ega bo‘ldilar

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#DIQQAT_E'LON

⚡️Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonalari va xalq sayliga marhamat!

Hurmatli Guliston davlat pedagogika instituti professor o'qituvchi va talabalari!

Joriy yilning 19-mart kuni Institut binosida Navro'z umumxalq bayrami tadbirlari va xalq sayli bo'lib o'tadi.

"HAR KUNIMIZ NAVRO'Z BO'LSIN"shiori ostida bo'lib o'tadigan bayram dasturi soat 11:00 dan boshlanadi.

Bayram tadbirlariga marhamat, aziz ustoz va talabalar!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website