GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Men o‘zbekning Zulfiyasiman” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi

Bugun Guliston Davlat Pedagogika instituti faollar zalida “O’zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchilari va O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda oʻzbekning ardoqli va suyukli shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi, yorqin rassom, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun kurashgan ayol-Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109-yilligiga bag`ishlangan “Men o‘zbekning Zulfiyasiman” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan sahnaviy ko‘rinishlar, turli tillarga tarjima qilingan she’r va ma’ruzalar hamda Hamid Olimjon ijodiga ishlangan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Ayniqsa, Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon siymolarining gavdalantirilishi va ular ishtirokida tayyorlangan videoroliklar yig‘ilganlarga juda manzur bo‘ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Bahor keldi seni soʻroqlab” mavzusida  ma'naviy-madaniy tadbir bo'lib o'tdi

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida  Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni soʻroqlab” mavzusida  ma'naviy-madaniy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy faoliyati, turli tillarga tarjima qilingan sher va ma’ruzalari haqida ochiq suhbat bo’lib o’tdi.

Oʻzbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludi kuni munosabati bilan tashkil etilgan maʼrifiy tadbirda bu jihatlar yana bir karra namoyon boʻldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
3-mart "Butunjahon yovvoyi tabiat kuni"

🔰Aslida tabiatning yovvoyisi boʻlmaydi. U xoh insonlar yashaydigan hudud, xoh bizdan olis manzil boʻlsin bir butun zamin – Ona yerimiz hisoblanadi. Inson qadami yetib borgan yohud kamroq oʻzlashtirilgan hududlardagi hayvonot va oʻsimlik olami biz uchun yovvoyi sanalsa-da, butun tiriklik olamidagi umumiy zanjirning bir halqasidir. Demak, bizdan yovvoyi sifatida qaralgan hayvon va oʻsimliklarni ham birdek qadrlash, asrab-avaylash talab etiladi.

💠 Shu bois, Guliston davlat pedagogika institutida mazkur sana munosabati bilan  yoʻqolib ketishi xavf ostida bo'lgan yovvoyi hayvonlar va oʻsimliklar turlarini asrash boʻyicha talabalar bilan ushrashuv o'tkazildi.

Uchrashuv davomida atrof-muhit va tabiat boyliklari, eng avvalo, jamiyat manfaatlari nuqtayi nazaridan muhofaza qilinishi, ona tabiatning inʼomlaridan nafaqat biz, balki kelajak avlodlarimiz ham bahramand boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#OAV_biz_haqimizda

🗞 Respublika nashrida


“Hurriyat” gazetasining 2024 yil 21-fevraldagi 8-sonida Sirdaryoliklarning uchta maqolalari chop etilibdi. Ulardan Guliston davlat pedagogika istituti talabasi Adiba Sharifovaning “Boshqa yo'l yo'q- ku" sarlavhali maqolalasi ham joy olgan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Suvni_asrang

Kelajak uchun suvni asraylik!

Мaʼlumotlariga koʻra, 2030-yilga kelib Oʻzbekistonda suv tanqisligi 7 mlrd kub metrga yetadi, bu hajmi boʻyicha toʻrtta Chorvoq suv ombori degani.

Suvni isrof qilish shu tarzda davom etsa, asr oxiriga borib, qurgʻoqchilik, keng miqyosli chang-qum boʻronlari va oziq-ovqat inqirozi kabi xatarlarga duch kelishimiz mumkin.

Suvni asrang!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogoh_bo'ling

💻Hozir zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, firibgarlik sodir etish yangilik emas. Bu haqda tinimsiz ogohlantirilmoqda. Shunga qaramay firibgarlar tuzog‘iga tushib qolayotganlar soni kamayayotgani yo‘q.

🔍Internet orqali mo‘may daromad taklif etayotgan har qanday axborotni jiddiy tekshiring. Ayniqsa, bugun internet firibgarlari mashhur shaxslar qiyofasidan foydalangan holda soxta reklama xabarlarini yaratmoqda. Shuning uchun investisiya kiritish orqali yirik mablag‘ ishlab olish mumkinligi haqida aytilayotgan videoroliklarga ishonmang.

‼️Agar shunday yolg‘on, soxta axborotlarga ko‘zingiz tushsa, yaqinlaringizni ham xabardor qiling.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website