GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Men o‘zbekning Zulfiyasiman” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi

Bugun Guliston Davlat Pedagogika instituti faollar zalida “O’zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchilari va O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda oʻzbekning ardoqli va suyukli shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi, yorqin rassom, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun kurashgan ayol-Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109-yilligiga bag`ishlangan “Men o‘zbekning Zulfiyasiman” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan sahnaviy ko‘rinishlar, turli tillarga tarjima qilingan she’r va ma’ruzalar hamda Hamid Olimjon ijodiga ishlangan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Ayniqsa, Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon siymolarining gavdalantirilishi va ular ishtirokida tayyorlangan videoroliklar yig‘ilganlarga juda manzur bo‘ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Bahor keldi seni soʻroqlab” mavzusida  ma'naviy-madaniy tadbir bo'lib o'tdi

Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida  Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 109-yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni soʻroqlab” mavzusida  ma'naviy-madaniy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy faoliyati, turli tillarga tarjima qilingan sher va ma’ruzalari haqida ochiq suhbat bo’lib o’tdi.

Oʻzbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludi kuni munosabati bilan tashkil etilgan maʼrifiy tadbirda bu jihatlar yana bir karra namoyon boʻldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website