GulDPI. uz | Rasmiy
4.63K subscribers
12.3K photos
1.38K videos
49 files
4.18K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Men o‘zbekning Zulfiyasiman” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha boʻlib oʻtdi

Bugun Guliston Davlat Pedagogika instituti faollar zalida “O’zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchilari va O‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda oʻzbekning ardoqli va suyukli shoirasi, vafo va sadoqat kuychisi, yorqin rassom, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun kurashgan ayol-Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 109-yilligiga bag`ishlangan “Men o‘zbekning Zulfiyasiman” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan Zulfiyaxonim hayoti va ijodiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan sahnaviy ko‘rinishlar, turli tillarga tarjima qilingan she’r va ma’ruzalar hamda Hamid Olimjon ijodiga ishlangan qo‘shiq va raqslar ijro etildi.

Ayniqsa, Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon siymolarining gavdalantirilishi va ular ishtirokida tayyorlangan videoroliklar yig‘ilganlarga juda manzur bo‘ldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website