GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Teatr_kuni

🏛 Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga Guliston davlat pedagogika institut talabalar tashrif buyurdi.


O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sh.Boshbekov qalamiga mansub "Ko‘cha bolalari" ("Eski shahar gavroshlari" asari asosida) spektakli keng omma va institut talabalarga namoyish etildi.

Institut talabalari ushbu spektaklni yuqori darajadagi qiziqish bilan tomosha qildilar.

Spektakl va undagi qahramonlar talabalar uchun ma’naviy ozuqa hamda ularda keng ta’surot qoldirdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!

- Qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

- oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

- isitish pechlari va ularning mo‘rilarining sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

- agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Inklyuziv ta'lim Gospital pedagogika" fanidan amaliy darslar davom etmoqda

Guliston Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchilari G. Tashmatova, M. Bayzaqova hamda 17e-22 guruh talabalari bilan birgalikda Guliston shahar 15-sonli MTMga "Inklyuziv ta'lim Gospital pedagogika" fanidan amaliy darslarni o'tkazish uchun tashrif buyurishdi.

Tashrif jarayonida ma'lumotlar almashindi va talabalarga ilmiy nazariy bilimlar amaliyotda tatbiq etish shartlari ko'rsatib berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan mazkur tadbirda tegishli bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar taklif etildi. Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Behzod Tagayev ochib berdi.

Trening davomida oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning o‘rni va roli haqida so‘z yuritdi. Yakunda topshiriqlar ijrosi yuzasizdan masullarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Diqqat_e'lon

Ommaviy sportni yanada rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida haftaning seshanba va juma kunlari soat 17:30 da “Sport kunlari”ni tashkil etiladi.

Ma'lumot o'rnida sport kunlarida sportning mini-futbol, voleybol, basketbol, sog‘lomlashtiruvchi gimnastika va stol tennisi bo‘yicha sport tadbirlari bo'lib o'tadi.

Murojat uchun: Tel +998 90 312 14 06

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Xotin-qizlar o'rtasida sport musobaqalari tashkillashtrildi

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi tashabbusi bilan institutda faoliat olib borayotgan ayol professor o'qituvchilar o'rtasida sportning Voleybol, shashka turi bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra (Voleybol) bo'yicha

1-o'rinni Pedagogika fakulteti;
2-o‘rinni Ijtimoiy-fanlar fakulteti g'oliblikni qo'lga kiritdi

Shashka bo'yicha Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi G.Umarova go'liblikni qo'lga kiritdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#OAV #maqola #yuz.uz

Guliston davlat pedagogika instituti rektori, biologiya fanlari doktori Jaxongir Karshibayevning “Yangi O‘zbekiston yoshlari: yangi imkoniyat va yuksak marralar” nomli maqolasi "Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»ning www.yuz.uz veb-saytida chop etildi.

Mutolaa qilish uchun:
👉 https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston-yoshlari-yangi-imkoniyat-va-yuksak-marralar

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Diqqat e'lon

Joriy yilning 18-22-mart kunlari UNODC IACA tomonidan GRACE dasturi doirasida “Xalqaro aksilkorrupsiya bahor maktabi” mavzusida onlayn shaklida treninglar tashkil etiladi.
Treninglar rivojlanayotgan davlatlarning yoshlarida insof, axloq va korrupsiyaga qarshi kurash tushunchalarini shakllantirish va ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ushbu treninglarda qatnashgan yoshlar uchun kelajakda IACA tomonidan ajratiladigan grant dasturlari va stipendiyalarida alohida e'tibor qaratilishi nazarda tutilgan.

Batafsil: https://telegra.ph/GulDPI-02-26

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat Sirdaryo viloyati aholisi va mehmonlar diqqatiga!

Siz va yaqinlaringiz bilan turli xildagi nohush holatlar sodir bo‘lmasligi uchun videoda ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qiling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT!
OGOH BO‘LING!


❗️Ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolarining audio, videolarini tinglash, tomosha qilish hamda aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan shu kabi materiallarni tayyorlash, tarqatish yoki namoyish etish orqali boshqa fuqarolar orasida targ‘ibot qilish uchun javobgarlik belgilangan.

📌 Turli yot oqimlar tasiriga tushib qolmang, uydirma, bo‘hton, yolg‘on da’volarga ishonmang, bugungi tinch hayotni qadriga yeting, kimningdir sizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Maktab - ota-ona - mahalla - OTM” hamkorligining yangi bosqichi

Mamlakatimizdagi islohotlarning asosini tashkil etayotgan ta’lim tizimi jamiyatning nafaqat buguni, balki ertasini ham belgilab beruvchi asosiy omildir.

Shu bois, Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Boyovut tumanida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida mahalla faollari, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirokida “Maktab - ota-ona - mahalla - OTM” hamkorlik zanjirini tashkil qilish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, tobora ommalashib borayotgan ijtimoiy tarmoqlarni zararli ta’siridan himoyalash va ijobiy tomonlaridan foydalanish hamda bitiruvchilarni oliy ta'lim bilan qamrab olish bo‘yicha ota-onalar, mahalla faollari va o‘quvchilarga ma’lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website