GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Korrupsiya taraqqiyot kushandasi

📊 Guliston davlat pedagogika institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan institut talabalari oʻrtasida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

🔰 Davra suhbatlari davomida talabalarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsirlari Separatizm, millatchilik va shovinistik harakatlar, din niqobidagi ekstremizm, buyuk davlatchilik, “ommaviy madaniyat”, millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikka qarshi qaratilgan adovatning avj oldirishga sabab bo‘ladigan huquqbuzarlik kabi qator ichki va tashqi tahdidlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, maishiy korrupsiya, uning koʼrinishlari toʼgʼrisida misollar orqali ma'lumotlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Koordinatorlar_faoliyati

🔰ESLATMA!

Hurmatli! Guliston davlat pedagogika instituti talabalari institut ichki tartib qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz. Zero:

Ustozingga tik qarasang, to'zasan,
Hurmat qilsang asta-asta o'zasan.

Xalqimizda ustoz otangdek ulug' degan naqil bejiz aytilmagan. Ta'lim muassasamizda taxsil olayotgan barcha talabalar kattaga hurmat-kichikka izzat, kiyinish madaniyati etika-estetika qoidalariga rioya qiling.

♻️ Guliston davlat pedagogika institutining Odob-axloq kodeksi

10 TA BOB.
35 TA MODDADAN iborat.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#Teatr_kuni

🏛 Sirdaryo viloyati musiqali drama teatriga Guliston davlat pedagogika institut talabalar tashrif buyurdi.


O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sh.Boshbekov qalamiga mansub "Ko‘cha bolalari" ("Eski shahar gavroshlari" asari asosida) spektakli keng omma va institut talabalarga namoyish etildi.

Institut talabalari ushbu spektaklni yuqori darajadagi qiziqish bilan tomosha qildilar.

Spektakl va undagi qahramonlar talabalar uchun ma’naviy ozuqa hamda ularda keng ta’surot qoldirdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!

- Qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

- oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

- isitish pechlari va ularning mo‘rilarining sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;

- isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;

- isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

- agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Inklyuziv ta'lim Gospital pedagogika" fanidan amaliy darslar davom etmoqda

Guliston Davlat Pedagogika Instituti o'qituvchilari G. Tashmatova, M. Bayzaqova hamda 17e-22 guruh talabalari bilan birgalikda Guliston shahar 15-sonli MTMga "Inklyuziv ta'lim Gospital pedagogika" fanidan amaliy darslarni o'tkazish uchun tashrif buyurishdi.

Tashrif jarayonida ma'lumotlar almashindi va talabalarga ilmiy nazariy bilimlar amaliyotda tatbiq etish shartlari ko'rsatib berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish metodikasi” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan mazkur tadbirda tegishli bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar taklif etildi. Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Behzod Tagayev ochib berdi.

Trening davomida oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning o‘rni va roli haqida so‘z yuritdi. Yakunda topshiriqlar ijrosi yuzasizdan masullarga topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website