GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.05K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Olima xotin-qizlar jamiyat ko‘zgusi”

Guliston davlat pedagogika institutida 11 fevral “Xalqaro ilm-fan sohasodagi ayollar va qizlar kuni” munosabati bilan 12 fevraldan start olgan “Olima xotin-qizlar jamiyat ko‘zgusi” g‘oyasi ostida o‘tkazilgan haftalik yakunlari bo‘yicha taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Institutda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda talaba, magistrlar o‘zlarinig ilmiy izlanishlari, lohiya va g‘oyalarini targ‘ib etib, haftalik doirasida faol qatnashganlari uchun tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guliston davlat pedagogika instituti psixologlari Guliston shahar 15-sonli MTM bilan hamkorlikda psixologik trening mashg'ulotlarini olib bormoqda...

Trening davomida bolajonlarning individual psixologik xususiyatlari didaktik o'yinlar orqali o'rganildi. Bolajonlar trening mashg'ulotlarida zavqlanib ishtirok etishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GulDPI
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinatorlar

#Diqqat_tanlov

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti Boshlang'ich tashkilot koordinatorlikka tanlov e'lon qiladi


Tanlov 2 ta yo'nalish bo'yicha bo'lib o'tadi.

1.Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti koordinatori
2.Intelektual loyihalar yo'nalishi koordinatori


Batafsil:@abzalovadinara

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Oila qurish inson hayotidagi eng ma'suliyatli ishlardandir !”

Guliston davlat pedagogika instituti talaba qizlar o'rtasida "Erta turmush va ajrimlarning  jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'siri"mavzusida uchrashuv ótkazildi.

Bu uchrashuvda talabalarga erta turmush qurishning salbiy sabablari tushuntirilib ótildi. Barcha ózini qiziqtirgan savollari haqida tóliq ma'lumotlarga ega bóldi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Guliston davlat pedagogika institutining ilmga chanqoq iqtidorli talabalari, sizlar uchun zo‘r yangilik!

Joriy yilning 21-fevral soat 12.00 da hamda 22-fevral soat 14.00 da manaviyat xonasida “Talabalikdan tadqiqotchilik tomon” shiori ostida Ilmiy seminar tashkil etiladi. Seminarda Siz soha mutaxassislari tomonidan:

ilmiy maqola yozish tartibi,
ilmiy tadqiqot mavzusini shakllantirish namunalari,
loyiha turlari,
startap loyihalarini yaratish va moliylashtirish masalalari
yuzasidan taqdimot asosida soha mutaxassislari tomonidan ma’lumot beriladi.

Barcha talabalarni seminarga taklif qilamiz. Seminarda faol ishtirok etgan talabalar rahbariyat tomonidan taqdirlanadi.

Ilm-fan sohasiga o’z hissangizni qo’shing!
Unutmang bugungi harakatingiz, maqsadingiz natijasini kafolatlaydi!


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Sovuq kunda issiqlik ulashishni yagona yo‘li - mehr.

Bugun Guliston shahrida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi hamda Guliston davlat pedagogika institut yetakchilari va koordinatorlari, hamkorligida, "Sovuq kunda iliqlik ulashishga tayyormiz" shiori ostida "Mehr ulashish" aksiyasi tashkil etildi.

Unda Guliston shahrida xizmat faoliyatini olib borayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining bir guruh a'zolariga issiq kofelar, shirinliklar hamda issiq qo'lqoplar tarqatildi.

Aksiya so'ngida talabalar va volontyorlar tomonidan viloyatimizning barcha yoshlarini mazkur savobli aksiyada ishtirok etishlariga chorlov amalga oshirildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq olovdan foydalanmang, xonani tez-tez shamollating — fuqarolar is gazidan ogohlantirildi

Yoqilg‘i mahsulotlari yonganda xonada asta-sekin is gazi yig‘ila boshlaydi. Shuning uchun xonani tez-tez shamollatib, kislorod almashinuvini ta’minlash kerak.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi is gazidan himoyalanishda e’tibor qilish kerak bo‘lgan jihatlarni sanadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ziyo istagan qalblar uchun masofaning uzoq yaqini boʻlmaydi

"Xalqning qalbiga uzoqdan qo'l solib boʻlmaydi, qo'l solish uchun uning oldiga borish kerak"-degan edi taniqli yozuvchi Abdulla Qahhor....

Guliston davlat pedagogika instituti ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti oʻqituvchilari va talabalari ishtirokida Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qahhor uy-muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohatdan koʻzlangan maqsad- buyuk yozuvchining xotirasiga ehtirom, uni yoshlar ongida abadiy saqlash hamda kelajak avlodni ham buyuklarga nisbatan hurmat va iftixor yoʻlida tarbiyalash bo'yicha ochiq dars tarzida tashkil qilindi.

Tashrif davomida talabalar qisqa soʻzda koʻp maʼno ifodalash qobiliyatiga ega boʻlgan buyuk yozuvchi Abdulla Qahhorning hayoti va ijod yoʻli bilan yanada yaqindan tanishdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website