GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuning 541 yilligiga bag‘ishlangan hayoti va ijodi haqida tadbirlar davom etmoqda

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti faollar zalida O'zbek shoiri, mutafakkir olim, davlat arbobi, tarixchi , shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Alisher Nur, Ximoyat Nazarova, Xanifa Yo‘lchiyevalar so‘zga chiqib talaba-yoshlarga Zahiriddin Muhammad Boburning boy ilmiy ijodi, ma’naviy me’roslari asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni ekanligini ta’kidladlar.

Shuningdek, xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishi jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilarga taqdim etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#baytchellenj
#OTM_MATBUOT_KOTIBLARI

O'zbek shoiri, mutafakkir olim, davlat arbobi, tarixchi , shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur
tavalludining 541 yilligiga bag'ishlanadi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti matbuot kotibi Charos Hamrayevadan chellenjni qabul qilib oldi baytchellenjni davom ettirish uchun O'zbekiston Fillandiya pedagogika instituti matbuot kotibi Xamza Burxonovga topshiradi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Diqqat, e'lon!

Guliston davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati jurnalistika sohasiga qiziqishi bo'lgan talaba-yoshlarni media guruhga taklif etadi.

🎤 Jurnalistikaga qiziquvchilar;
✍️ Kanal yuritishga qiziquvchilarni o’z safimizga chorlab qolamiz.

Biz bilan ishlasangiz quyidagilarni kafolatlaymiz:
Eng yaxshi jamoada ishlash;
Jurnalistika sohasini o’rganish.

✍️ Murojaat uchun:
@Zulhaydarov_Iskandar
Bu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Joriy yilning 14-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida o’zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir , tarixchi, davlat arbobi, sarkarda va boburiylar sulolasi asoschisi Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirdni Yoshlar masalasi bo’yicha direktor o’rinbosari Doston Jo’raboyev ochib berdi. U o‘z sozida bobokalonimizdan meros boʻlgan badiiy adabiyotlarni koʻproq mutolaa qilish va munosib avlod boʻlish kerakligini taʼkidlab oʻtdi hamda yigʻilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Boburni yod etamiz.....

Guliston davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi 17e-22 guruh talabalari Guliston shahridagi 2-umumta’lim maktabida O‘zbek shoiri, mutafakkir olim, davlat arbobi, tarixchi, shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan "Boburni yod etib" mavzusida tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Zahriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga doir ma’lumotlar, shoir ruboiy va g‘azallaridan namunalar, kichik sahna asari ijro etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yiligidur

To‘ra Sulaymon 1934 yil 15 fevralda Baxmal tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1999). ToshDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tugatgan (1964). Ijodi 50-yillarda boshlangan. Ilk she’rlar to‘plami — «Istar ko‘ngil» (1962). «Men qayga borar bo‘lsam» (1965), «Jahongashta» (1970), «Hamqishloqlarim», «Intizor» (1973), «Sirdaryo qo‘shiqlari» (1974), «Iltijo» (1976)

To‘ra Sulaymon shoir sifatida matbuotda 1958 yildan ko‘rina boshladi. 1962 yilda esa uning “Istar ko‘ngil” she’riy to‘plami chop etildi. Uning “Alhazar” nomli hajviy she’rlar to‘plami 1979 yil “Mushtum” jurnali sovriniga sazovor bo‘lgan. She’rlar yozish bilan bir qatorda, To‘ra Sulaymon musiqiy jo‘rlikda baxshilik qilgan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website