GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
11.9K photos
1.33K videos
49 files
4.04K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Biz, kelajak liderlari Ekopartiyani tanlaymiz" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Bugun  Guliston davlat pedagogika institut majlislar zalida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Sirdaryo viloyat partiya tashkiloti tomonidan institut talabalari bilan birgalikda  2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash" yili munosabati bilan "Biz, kelajak liderlari Ekopartiyani tanlaymiz" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Suhbat davomida yurtimizda va dunyoda bo'layotgan ekologik o'zgarishlar, orol muammosi, yoshlar o'rtasida yashil makon tashkil qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar berib o'tildi.

Yakunda talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollar ga partiya ma'sullari tomondan javob olishdilar.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Ekologiya va atrof muxitni asarash yuzasidan memorandum xamkorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti ma’muriyati hamda O‘zbekiston Ekalogik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi o‘rtasida ekologik vaziyat, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari yuzasidan bir qancha yo‘nalishlarga tegishli ikki tomonlama memorandum xujjati imzolandi.

Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, talaba-yoshlar orasida ekologik ong va ekologik madaniyat to‘g‘risidagi tushunchalarni mustahkamlash va rivojlantirish, shuningdek, so‘nggi yillardagi qabul qilingan hukumat qarorlari va farmonlarini talaba-yoshlarga yetkazib borish.

Yoshlarni ona tabiatga mehr bilan yondashishi, uni asrab-avaylash, umumiy va shaxsiy mas’uliyatni oshirish va ikki tomonlama 2024yil davomida oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar kelishuvidir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuning 541 yilligiga bag‘ishlangan hayoti va ijodi haqida tadbirlar davom etmoqda

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti faollar zalida O'zbek shoiri, mutafakkir olim, davlat arbobi, tarixchi , shoh va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Alisher Nur, Ximoyat Nazarova, Xanifa Yo‘lchiyevalar so‘zga chiqib talaba-yoshlarga Zahiriddin Muhammad Boburning boy ilmiy ijodi, ma’naviy me’roslari asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni ekanligini ta’kidladlar.

Shuningdek, xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishi jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar ham berib o‘tildi.

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari tadbir ishtirokchilarga taqdim etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website