GulDPI. uz | Rasmiy
4.66K subscribers
11.9K photos
1.32K videos
49 files
4.03K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#GulDPI
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinatorlar

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat Pedagogika instituti Boshlang'ich tashkilot koordinatorlari tashabbusi bilan joriy yilning 5-10 fevral kunlari institutda " TALABA QIZLAR" haftaligi deb e'lon qilingan edi.

Haftalik doirasida talaba qizlar bilan:
⚽️ Sport,
📚Zakovat,
🏆Interaktiv o'yinlar (enerjayzerlar)
🥮Pazandachilik,
🔥Tozalik va ozodalik kunlari tashkil qilindi.

Hafta davomida o'tkazilgan ushbu loyihalar talaba qizlarning o'z mahoratlarini namoyon qilishlariga ko'makchi bo'ldi. Loyihalarda faol ishtirok etgan talabalar hafta yakunida Boshlang'ich tashkilot tomonidan diplom, tashakkurnoma, turli nominatsiyalar va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Kibersport bo‘yicha musobaqa g'oliblar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 5 ta muhim tashabbusining uchinchisi - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yuzasidan «Kibersport» yo‘nalishi bo‘yicha turnir tashkil etildi.

Joriy yilning 10-fevral kuni Guliston davlat pedagogika institutida Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi va Institut yoshlar akademiyasi liderlari hamda Aniq va tabbiy fanlar kafedrasi bilan birgalikda kibersportga qiziquvchi yoshlar o'rtasida (talaba qizlar) STAMINA platformasida hamda (o'g'il bollar) PES 2021 musobaqalari o'tkazildi.

Yakunda g'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika institutida “Olima xotin-qizlar - millat ko‘zgusi” haftaligiga start berildi.

Shu kun munosabati bilan 2024-yil 12-fevral kuni Guliston davlat pedagogika institutida institutning olima professor-o‘qituvchilari, magistr, tadqiqotchi talabalari bilan “Qiz bolaning odobi va uning ta’lim olishi kelajakka berilgan e‘tibor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Ayakulov ochib berib, bugungi kunda jamiyatda olima xotin-qizlar ulishini oshirishda amalga oshirilgan islohatlar va imkoniyatlar to‘g‘risida gapirib o‘tdilar.

Mavzu yuzasidan professor-o‘qituvchilar, magistr talabalar o ‘zlarinig ilmiy tadqiqot mavzulari, ilmiy loyihalari haqida ma’ruzalar qildi. Davra suhbati ilmiy qarashlar va muhokamaga boy ruhda mazmunli o‘tdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OAV Biz haqimizda

🎥 "Alisher Navoiy" tavalludi munosabati bilan badiiy kecha tashkil etildi.

Batafsil: 📺"Diyor Yangiliklari" ko'rsatuvida

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Alisher_Navoiy

Bugun 12-fevral kuni so‘z va g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tili asoschisi, davlat va jamoat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583-yilligi munosabati bilan GulDPI talabalar turar joyida “O‘zbek tili va tillarni o‘qitish” kafedra o‘qituvchilari, tyutorlari va talabalar-yoshlari ishtirokida “Navoiyxonlik” kechasi tashkil etildi. Tadbirda buyuk shoir Navoiyning hayoti va ijodi, ilmiy va badiiy meroslari haqida ma’lumotlar berildi.

Talabalar tomonidan mutafakkirning g‘azal va ruboiylaridan namunalar tinglandi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarini Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🇺🇿“Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi”, yohud hamkorlikning yangi davri!

Joriy yilning 12-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti professor o'qituvchilari Guliston shahridagi 16-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad bitiruvchi sinf o‘quvchilarini kasb tanlashida ko‘maklashish hamda institut faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdan iborat ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi” g‘oyasi asosida umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan e’tibor qaratilmoqda.

Shu munosabat bilan tashrif doirasida institut professor-o‘qituvchilari doimiy ravishda umumta’lim maktablari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website