GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
ULUG' SHOIRGA EHTIROM

Sirdaryo viloyatida so‘z mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi keng nishonlandi.

Erta tongdan Guliston shahridagi «Bilimdonlar maskani»da viloyat hokimligi masʼullari, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda Guliston davlat pedagogika instituti vakillari, talaba-yoshlari jam bo‘ldi. Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yib, buyuk shoirimiz xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev benazir shoirning boy va serqirra ijodiy merosi, shaxsiyati, ibratli hayot yo‘li haqida to‘xtalib, ayniqsa, asarlarida ulug‘langan g‘oyalarning xalqimiz, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yuqori ekanligini taʼkidladi. Talaba yoshlar shoir qalamiga mansub she’r va g‘azallaridan namunalar o‘qishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#GulDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Navoiyxonlik

Joriy yilning 9-fevral kuni Guliston davlat pedagogika institutida buyuk mutafakkir olim, g‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “Gʻazal mulkining sultoni” nomli kompozitsion badiiy kecha tashkil etildi.

Tadbirdni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Behzod Tagayev ochib berdi. U o‘z sozida bobokalonimizdan meros boʻlgan badiiy adabiyotlarni koʻproq mutolaa qilish va munosib avlod boʻlish kerakligini taʼkidlab oʻtdi hamda yigʻilganlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda O‘zbek tili va tillarni kafedrasi tasarrufidagi “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi talabalari, Yoshlar ittifoqi” koordinatorlari va talabalar teatr studiyasi tomonidan tayyorlangan gʻazallar, ruboiylar, raqslar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
ALISHER NAVOIY HAQIDA 20 TA MA’LUMOT

1️⃣ Nizomiddin Mir Alisher 1441 yilning 9 fevralida Hirotning Bog‘i Davlatxona mavzeyida, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

2️⃣ Tarixchi Mirxond "Ravzatus-safo" asarida yozishicha, Mir Alisherning bobosi Amir Temurning o‘g‘li Umarshayx bilan emikdosh bo‘lgan.

3️⃣ Navoiyning ilmga bo‘lgan ishtiyoqi erta uyg‘onib, 4 yoshidan maktabda ta’lim ola boshlagan.

4️⃣ Navoiy 7 yoshida Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yoddan bilgan.

5️⃣ Mir Alisher 7 yoshida buyuk muhaddis Buxoriy hazratlarining olti mingdan ziyod hadisi shariflarini yod bilgan.

6️⃣ Mir Alisher 7-8 yoshlaridan boshlab g‘azallar yoza boshlagan.

7️⃣ Alisher Navoiy "muqarrabi hazrati sultoniy" ("sulton hazratlarining eng yaqin kishisi") degan unvonni olgan. Unvon Navoiyga davlatning barcha ishlariga aralashish huquqini bergan.

8️⃣ Alisher Navoiy 15-16 yoshlarida ham turkiy, ham forsiyda ijod qiladigan “ikki tilli” shoir sifatida tanilgan.

9️⃣ Alisher Navoiy o‘smirlik yillarida o‘zi sevgan shoirlarning 50 ming baytdan ortiq she’rlarini yod bilgan.

1️⃣0️⃣ Alisher Navoiy turkiy tilda yozgan she’rlariga Navoiy, forsiy tildagi she’rlariga Foniy deb taxallus qo‘yadi. Shoirning forsiy she’rlar to‘plami “Devoni Foniy” deb nomlangan.

1️⃣1️⃣ Navoiyning sevgilisi sifatida tasvirlanadigan "Guli" ismi faqat xalq og‘zaki ijodida, Navoiy haqidagi rivoyat va afsonalarda uchraydi xolos. Bu nom Navoiyning hayoti haqida ma’lumot beruvchi yozma manbalarning hech birida uchramaydi.

1️⃣2️⃣ Navoiy taxminan 18-19 yoshlarida Abdurahmon Jomiy bilan tanishadi. Jomiy uni ham farzand, ham shogird sifatida qadrlaydi. Keyinchalik bu ikki ulug‘ shoir o‘rtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari yanada mustahkamlanib, ijodiy hamkorlikka aylanadi.

1️⃣3️⃣ Samarqand shahri Navoiyning hayoti va ijodida muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher 1464 yilda Samarqandga keladi va bu yerda madrasada tahsil olib, ilm-fan, adabiyot va san’at bilan tanishadi.

1️⃣4️⃣ Navoiy 1469 yilda do‘sti Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi munosabati bilan 90 baytdan iborat "Hiloliya" qasidasini yozadi ("hilol" – yangi chiqqan oy).

1️⃣5️⃣ Navoiy o‘z jamg‘armasi hisobidan Hirotda va butun Xuroson mamlakatida 300 dan ortiq inshootlar qurdirgan.

1️⃣6️⃣ Alisher Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan.

1️⃣7️⃣ Navoiy turkiy tildagi ilk “Xamsa"ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq.

1️⃣8️⃣ Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50 ming misradan ortiq "Xazoyinul-maoniy" nomli to‘rt devon (1491—1498)ga jamlangan.

1️⃣9️⃣ Alisher Navoiy 1501 yil 3 yanvarda vafot etgan. Uni dafn etish chog‘ida maydalab yomg‘ir yog‘ib turgan edi. Buni tarixchi Xondamir “hatto tabiat ham motam tutdi” deya ta’riflagan.

2️⃣0️⃣ Navoiyning turkiy tilni qayta tiriltirishi ma’naviyatimiz uchun ulkan jasorati bo‘lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur "Turkiy til bila to she’r aytibdurlar, hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas", − deb yozsa, Husayn Boyqaro "Mir Alisher turk tilining o‘lik jasadig‘a Masih nafasi ila jon ato etdi" deb ta’kidlagan.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Ijarada yashovchi talaba-yoshlar rahbarlar e’tiborida

Guliston davlat pedagogika institutining mas’ul rahbarlari tomonidan ijarada yashayotgan talaba-yoshlar xolidan xabar olindi.

O‘rganish davomida ijara xonadonlarining talabalar uchun dars qilishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ijaraga qo‘yuvchi oilaning ijtimoiy-ma’naviy ahvoli, is gazi xavsizligi, elektr jixozlarning sozligi, shuningdek, xonadon egalarning talaba-yoshlar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalarining tuzish tartiblari to‘la qonli o‘rganildi.

Talaba bilan bo‘lgan suhbat davomida oliygoh rahbari ijarada yashayotgan talabalar bilan suhbatlashib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi va takliflari bilan tanishdi. Bildirilgan takliflar bo'yicha mas'ullarga aniq va manzilli topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website