GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🖌"Ta'lim sifatini oshirish-yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir"!

Guliston davlat pedagogika institutida ayni vaqtda yakuniylar haftaligi davom etmoqda. Shu bois yakuniylar haftaligi shaffof va adolatli tarzda o'tishini ta'minlash maqsadida institutning Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi tomonidan nazoratlar olib borilmoqda.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad-professor-o'qituvchilar va talabalar orasida ta'lim sifati samaradorligini oshirish va maishiy korrupsiya holatlarini oldini olishdir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinator

"Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida" mavzusida sevimli va mahoratli aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

⚡️Bugun Guliston davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida, talalabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, millliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati musiqali dramma teatri san’atkorlari Sherzod Kattaboboyev, Hasan-Husan Nazarovlar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ijodkorlar tomonidan ijro etilgan sahna chiqishlari kuy qo'shiqlari talabalarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Uchrashuv so'ngida talabalar ijrosida "Jaydari kelin" nomli spektakil namoyish etildi. Iqtidorlarini namoyish etgan talabalar mehmonlarda katta tasurot uyg'otishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️“Modalar va rassomchilik” ko'rgazmasi tashkil etildi

🔗Bugun Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talaba-qizlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish maqsadida ijod namunalari sifatida rassomchilik ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko''rgazmada fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan eskizlar, milliy va zamonaviy liboslar hamda peysaj janrida mo''yqalam yordamida chizilgan rassomchilik asarlari namoyish etildi.

🖋Tadbir ishtirokchilari tomonidan badiiy ko''rgazmada ishtirok etgan talabalarga kelajakdagi ijodiy yo''llarida omad tilandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Pazandalik bo'yicha master klass” tadbiri o'tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida iste’dod va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash orqali oilaviy turmushga tayyorlash maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinadi. Institut Talabalar turar joyida o‘tkazilgan galdagi “Pazandalik bo’yicha master klass” tanlovda pazandalikka qiziquvchi talaba-qizlar bellashdi.

Talabalar palov, somsa va turli shirinliklar tayyorlash, dasturxon bezash, hushta’m va rang-barang salatlar tayyorlash bo’yicha o’zaro bellashdilar.

Ishtirokchilarning pazandalik mahorati hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Bellashuv davomida qizlar o’z epchilliklarini sinash bilan birga, pazandalik mahoratlarini ham namoyon qildilar.

Shart bajarish mobaynida ishtirokchilar uy bekalik mahoratlari yuqori darajadaligini ham yig‘ilganlarga ko‘rsata olishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕌 Din ishlari bo‘yicha qo‘mita: Farzandlaringizni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrang!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

❗️ Is gazi – inson sog'lig'i va hayoti uchun jiddiy xavf!

Is gazi (so) – juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi, rangi va taʼmi yo‘q. Is gazi inson organizmiga kirganidan so‘ng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan taʼminlash funksiyasini izdan chiqaradi.

Uyni isitishda meʼyoriy talablarga to‘liq rioya eting hamda o‘zingiz va yaqinlaringizni hayotini asrab qoling!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
НОВАЯ СЫРДАРЬЯ-3.pdf
2.6 MB
Sirdaryo viloyati hokimligi muassisligidagi «Новая Сырдарья» hamda Yangi Sirdaryo gazeta larida Guliston davlat pedagogika instituti talabasi Iskandarova Nodiraning maqolasi chop etildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website