GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.3K photos
1.26K videos
49 files
3.87K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
‼️Diqqat muhim eslatma!!!

🏆Guliston davlat pedagogika institutining ochiqlik, shaffoflik va halollikni ta’minlash hamda mazkur jarayonlarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida, vijdonli va korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘q deya oladigan talabalarni hamkorlikka chorlaymiz!

Agarda sizda qiziqtirayotgan savollar bo‘lsa, @anti_corruption_gspi_bot telegrami yoki +998 99 789-97-00 telefon raqamiga anonim xabar qoldirishingiz mumkin.

✔️Xabar bergan talabaning shaxsi qat’iy sir tutiladi!

📍Eslatib o‘tamiz, Siz o‘z murojaatlaringizni asosiy bino 1-qavat 106-xonada joylashgan Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi faoliyat yurituvchi xodimga ma’lum qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️ 2024-yilning 1-choragida bo‘lib o‘tadigan chet tili fanlaridan mock imtihonlari

📍 Test sinovi barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda ro‘yxatdan o‘tgan holda tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlarning ro‘yxatdan o'tishlari my.uzbmb.uz saytining “Ilmiy markaz” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

‼️ Natijangiz siz ro'yxatdan o'tgan telefon raqamiga sms xabar orqali yuboriladi.

🟢 Bu test sinovi talabgorga quyidagi bilimlarni beradi:
1. Bilimini baholashda yordam beradi
2. Imtihon formati bilan tanishtiradi
3. Vaqtni boshqarishni o‘rgatadi
4. Test topshiruvchining chet tilini bilish darajasining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashiga yordam beradi
5. His-hayajonni bartaraf etadi
6. Ishonchni oshiradi
7. Tajribani o‘rgatadi
8. Imtihonga samarali tayyorgarlik ko‘rishni ta’minlaydi

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68
🔹 (95) 507-70-72

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qalqon

Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi

⚡️Yosh avlodni vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalash, erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, mamlakat va o‘z oilasi farovonligini yanada rivojlantirish orzusida bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarni jismoniy qobiliyatlarini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, Sirdaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Guliston davlat pedagogika institutining "Qalqon" jamoatchilik guruhi bilan hamkorlikda harbiy vatanparvarlik va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda talaba yoshlar ishtirokida kamondan o'q otish, to‘siqlar yo‘lagidan o‘tish, o‘qdonga o‘qlarni joylash, suv to‘sig‘idan o‘tish, dala chodirini o‘rnatish, ot parvarish qilish usullari bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bu kabi amaliy ishlar orqali yosh avlodni sog'lom va barkamol qilib tarbiyalash, ona vatanga muhabbat ruhini yuksaltirish kabi maqsadlar yotadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🖌"Ta'lim sifatini oshirish-yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir"!

Guliston davlat pedagogika institutida ayni vaqtda yakuniylar haftaligi davom etmoqda. Shu bois yakuniylar haftaligi shaffof va adolatli tarzda o'tishini ta'minlash maqsadida institutning Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi tomonidan nazoratlar olib borilmoqda.

Bundan ko'zlangan asosiy maqsad-professor-o'qituvchilar va talabalar orasida ta'lim sifati samaradorligini oshirish va maishiy korrupsiya holatlarini oldini olishdir.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Yoshlar_Ittifoqi
#Koordinator

"Teatr ijodkorlari yoshlar davrasida" mavzusida sevimli va mahoratli aktyorlar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi

⚡️Bugun Guliston davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida, talalabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, millliy qadriyatlarimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida Sirdaryo viloyati musiqali dramma teatri san’atkorlari Sherzod Kattaboboyev, Hasan-Husan Nazarovlar ishtirokida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ijodkorlar tomonidan ijro etilgan sahna chiqishlari kuy qo'shiqlari talabalarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Uchrashuv so'ngida talabalar ijrosida "Jaydari kelin" nomli spektakil namoyish etildi. Iqtidorlarini namoyish etgan talabalar mehmonlarda katta tasurot uyg'otishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️“Modalar va rassomchilik” ko'rgazmasi tashkil etildi

🔗Bugun Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida talaba-qizlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish maqsadida ijod namunalari sifatida rassomchilik ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko''rgazmada fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan yaratilgan eskizlar, milliy va zamonaviy liboslar hamda peysaj janrida mo''yqalam yordamida chizilgan rassomchilik asarlari namoyish etildi.

🖋Tadbir ishtirokchilari tomonidan badiiy ko''rgazmada ishtirok etgan talabalarga kelajakdagi ijodiy yo''llarida omad tilandi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Pazandalik bo'yicha master klass” tadbiri o'tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida iste’dod va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash orqali oilaviy turmushga tayyorlash maqsadida turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinadi. Institut Talabalar turar joyida o‘tkazilgan galdagi “Pazandalik bo’yicha master klass” tanlovda pazandalikka qiziquvchi talaba-qizlar bellashdi.

Talabalar palov, somsa va turli shirinliklar tayyorlash, dasturxon bezash, hushta’m va rang-barang salatlar tayyorlash bo’yicha o’zaro bellashdilar.

Ishtirokchilarning pazandalik mahorati hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. Bellashuv davomida qizlar o’z epchilliklarini sinash bilan birga, pazandalik mahoratlarini ham namoyon qildilar.

Shart bajarish mobaynida ishtirokchilar uy bekalik mahoratlari yuqori darajadaligini ham yig‘ilganlarga ko‘rsata olishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website