GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.24K videos
49 files
3.81K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
📢#Diqqat
#Tanlov

❄️ Siz endi o'z mahoratingizni sinovdan o'tkazib olishingiz uchun ajoyib imkoniyat. ❄️

🎄 Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari uchun GulDPI Yoshlar ittifoqi Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Koordinatori Naimqulov Nurzod tashabbusi bilan "Yangi Yil shukuhi '' mavzusi doirasida #fotorasmlar hamda #mobilografiya #videolar tanlovini e'lon qilamiz.

☃️ Tanlovda institutida tahsil olayotgan barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

-hech qayerdan ko'chirilmagan
-o'zingiz ijod qilgan
fotosurat va mobilografiya ishlari qabul qilinadi.

❄️ Ijodiy ishlaringizni 24-dekabr kuni
soat 2️⃣3️⃣ : 5️⃣9️⃣ ga qadar, Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti Koordinatori NaimqulovNurzod ( @NaimqulovNurzod telegram manziliga) yuborishingiz lozim.

Qabul qilish muddatidan so'ng yuborilgan ishlar qabul qilinmaydi.

🏆 Tanlovda g'olib bo'lgan talabalar 📱https://t.me/gulDPIuz rasmiy sahifasida e'lon qilinadi.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biz millatimiz otalari Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Avloniy, Cho‘lpon, Ibrat boshlab bergan yo‘ldan bormoqdamiz. Ularning orzu-umidlarini bayroq singari baland tutgan ekanmiz, jamiyatimizda ilmga intilish, erkinlik, adolat va ravnaq kabi qadriyatlar yanada chuqur qaror topmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
#Qalqon

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2023- yil 11- aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni amalga oshirish hamda talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi o‘z faoliyatini amalga oshirmoqda.

🟢  Guruh a’zolari institut  hududi bo'ylab taqsimlandi va xizmat faoliyatini amalga oshirishdi.

Guruh a’zolari hafta davomida doimiy ravishda xizmat faoliyatlarini olib boradilar.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
#o'zmaqsadlaringnibil

⚡️ "Ma'rifat maydoni" Respublika ko'rik tanlovining institut bosqichi  o'tkazildi.


2023 yil 13-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlari  o'rtasida "Ma'rifat maydoni"  Respublika  ko'rik tanlovinining  institut saralash  bosqichi o'tkazildi.  Mazkur  tanlovda  Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy-gumanitar  fanlar" fakultetining  "Yosh ma'rifatchilar" jamoasi "Pedagogika" fakultetining "Zulfiyaxonim izdoshlari" jamoalari ishtirok etishdi.

Jamoalardan "Yosh ma'rifatchilar" jamoasi  faxrli 1-o'rinni  egallab Respublika  ko'rik tanlovinining 2-bosqichiga yo'llanma olishdi.

G'oliblarni tabriklaymiz!

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
#xalqaro_hamkorlik
#ilmfan

🎓Xalqaro xamkorlik o'z samarasini bermoqda

2023 yil 10 dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutiga Qozog‘iston Respublikasining Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Yerjanova Saule Baymurzayevna tashrif buyurdi.

Ushbu tashrif ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida tuzilgan memorandum doirasida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Yerjanova Saule Baymurzayevna Guliston davlat pedagogika institutining “Qozoq tili va adabiyoti”, “O‘zga tilli guruhlarda rus tili” ta’lim yo‘nalishlarining 1- va 2-bosqich talabalariga “Badiiy matn tahlili”, “Chet el adabiyoti tarixi” va “Rus adabiyoti tarixi” fanlaridan “mahorat darslari”ni olib bormoqda.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparki ekpertlari S.Isanturdiyev hamda S.Otayorovlar ishtirokida “InnoX” biznes-inkubator dasturining 3-mavsumi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti magistr talabalari va yosh o'qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminar-trening mashg‘uloti jarayonida startap loyihalarni shakllantirish, yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, taklif qilingan loyihalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha ekspertlar guruhi tomonidan qimmatli ma’lumotlarga boy taqdimotlar namoyish etildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Bizni kuzating👇🏻
🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹