GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.24K videos
49 files
3.81K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Bugun, 9-dekabr kuni  Guliston davlat pedagogika institutini Madaniyat saroyida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida 10 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Tantanali marosim Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlandi.

Tadbirda mamlakatimiz davlat ramzlari har birimiz uchun aziz va muqaddas ekani, ayniqsa, ular orasida ulug‘ xalqimizning mangu qo‘shig‘i – madhiyamiz qalblarimizdan chuqur joy olgani alohida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, qalb qo‘shig‘imizga aylangan madhiyamiz xalqaro maydonlarda ham O‘zbekiston nomini anglatib yangraydigan erkin va ozod ovozimizdir!

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
“Inson huquqlari bilimdoni - 2023” ko‘rik-tanlovi o’tkazildi.

Guliston davlat pedagogika instituti talabalari o’rtasida “Inson huquqlari bilimdoni - 2023” ko‘rik-tanlovi bo'lib o'tdi.

Tanlovning maqsadi iqtidorli yosh talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, yuksak bilimli, mustaqil fikrlaydigan, inson huquqlari bo‘yicha mukammal bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan, zamonaviy g‘oya loyihalarini qo‘llab quvvatlash, inson huquqlari bo‘yicha huquqiy savodxonlik oshirish, yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirishdan iborat.

Tanlovda quyidagi ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritishdi:

🥇1-Umarqulova Muxlisa 
🥈2-Ro'ziyeva Laylo 
🥉3-Isoqjonov Shohjahon 
🥉3-Do'smatov Shavkatbeklar g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐 Website  Telegram Facebook  🌐 Instagram  📹
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempioni shahar hokimi tomonidan taqdirlandi

Joriy yilning 6-8 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport saroyida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilgan edi. Unda Sirdaryolik Ulbo‘sin Hakimova 48 kg vazn toifasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga ilk oltin medalni keltirdi.

Shu munosabat bilan, bugun 11 dekabr kuni Sirdaryo viloyati dzyudo federatsiyasi raisi, Guliston shahar hokimi To‘lqinjon Dadabayev hamda viloyat sport bosh boshqarmasi rahbari Anvar Bo‘ronov boshchiligida Guliston davlat pedagogika institutida tahsil oluvchi chempion sportchi bilan uchrashib, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyevning tabrigini yetkazdi. Yosh sportchini qutlar ekan, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Kelgusida ham O‘zbekiston bayrog‘ini hamisha yuksaklarga ko‘tarishini, yutuqlari bardavom bo‘lishini tiladi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
JURNALGA MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TALABLARI
1. Maqola quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
- Maqola mavzusi:
- Maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumot:
- Maqola annotatsiyasi:
- Kalit so‘zlar:

- Kirish;
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili;
- Tadqiqot metodologiyasi;
- Tahlil va natijalar;
- Xulosa va takliflar ;
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.

2. Maqola matni shrifti “Times New Roman”da, 14 kirill yoki lotin alfavitida bo‘lib, qatorlar oraliqlari masofasi 1 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola matni sahifasining barcha (o‘ng, chap, yuqori va quyi) tomonidan 2 santimetrdan iborat masofa qoldiriladi. Maqolaning hajmi 7-10 betgacha hamda foydalanilgan adabiyotlar soni 6-10 manbadan iborat bo‘lishi lozim.

3. Maqolalar sayhunaxborotnomasi@mail.ru elektron pochtasi yoki @MavludaAlmamatova telegram manzili orqali qabul qilinidi.

4. Batafsil ma'lumotlar https://t.me/sayhunaxborotnomasi

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹