GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Ochiq_dars

Joriy yilning 17-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti, Tillarni o'qitish kafedrasi o'qituvchisi F.Nodirovaning "O'zbek adabiyoti" darsida o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi talabalari bilan "Yassaviy va uning hikmatlari" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
⚡️ Kuzatuvchi mehmon sifatida darsga Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori B.Tagayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor N.Ayaqulov, ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshlig'i A.Asatullayev hamda institut Kasaba uyushmasi raisi O'.Eshonqulovlar ishtirok etdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#ochiq_dars

⚡️GulDPIda ochiq ma’ruza darsi o‘tkazidi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida biologiya yo‘nalishi 1-bosqich 6-23BI guruh talabalariga Guliston davlat pedagogika instituti rektori, Biologiya fanlari doktori Karshibayev Jahongir Hazratqulovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’ruza davomida “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari to‘g‘risida so‘z yuritildi. Dars jarayonida jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, strategiyaning har bir yo‘nalishi haqida batafsil tushuntirildi. Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#seminar
#ochiq_dars

Joriy yilning 29-sentabr kuni Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Munisa Ulug'bekovaning jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanidan "O‘zini o'zi boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madaniyatni tashkil etish tizimlari va vazifalari" mavzusida 35-22-guruh talabalar ishtirokida ochiq dars seminari o‘tkazidi.

Mazkur dars "Aqliy hujum", "BBB", "O‘yin" metodalaridan foydalanib tashkil qilindi. O‘quvchilar mavzuni qiziqarli va esda qolarli shaklda o'rganishdi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#ochiq_dars

Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Aziz Qalandarovning
ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza davomida "Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantrish konsepsiyasi mazmun mohiyati" borasida so'z yuritildi.

⚡️ Xususan, oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Dars davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#ochiq_dars

⚡️GulDPIda ochiq ma’ruza darsi o‘tkazidi

Joriy yilning 18-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori, Biologiya fanlari doktori Karshibayev Jahongir Hazratqulovichning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ma’ruza davomida “Xalqaro iqtisodiy hamkorlik-mamlakat taraqqiyotining asosi" to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Dars jarayonida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim koʻrinishlaridan biri. Jahon xo'jaligining rivojlanib, globallashuv jarayonining chuqurlashib borishi bilan Xalqaro iqtisodiy hamkorlikh.ning milliy iqtisodiyot taraqqiyotidagi ahamiyati ortib boradi. Uning asosiy subʼyektlari — davlatlar, transmilliy kompaniyalar, mintaqaviy va xalqaro iktisodiy tashkilotlarning yo‘nalishi haqida batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, mavzu yuzasidan talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_dars

💫Guliston davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 28-23-guruh talabalari ishtirokida Amaliy rus tili fanidan ochiq dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

📌Oʻzbek tili va tillarni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi Sultanova Durdona tomonidan "Официально-деловой стиль как функциональная разновидность литературного языка" mavzusida olib borilgan amaliy mashg‘ulotda turli interaktiv metod va mavzuga oid integratsion metodlardan oʻrinli foydalanildi.

🔷Ochiq dars jarayonida Klaster, Zig-zag, Men kim/nimaman deb nomlanuvchi qiziqarli o‘yinlar, turli millat vakillarining milliy taomlari, darsda namoyish etilgan mavzuga oid rus xalq ertagidan parcha namoyishlari talabalar hamda darsga tashrif buyurgan professor-oʻqituvchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM