GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.8K photos
1.22K videos
49 files
3.73K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat  pedagogika  institutida OTA-ONALAR KONGRESSI o'tkazildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 4-avgustdagi 920-son yig‘ilish bayoni 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat  pedagogika  institutida “Ota-onalar kongressi” o'tkazildi. Kongressni Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Begzod Tagayev oʻz kirish soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz navbatida ta’lim dargohi va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha aniq takliflarni oʻrtaga tashladi.

Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, talaba-yoshlar ham ishtirok etishdi.

Kongress avvalida mehmon sifatiga taklif etilgan ota-onalar institut faoliyati, xususan, taʼlim jarayonlari, talaba-yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirildi. Shundan so‘ng, “Ota-onalar kongressi”ning asosiy qismi boshlandi.

Institutga tashrif buyurgan ota-onalar farzandlari tahsil olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish bilan bir qatorda institut rahbariyati bilan uchrashib, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Uchrashuvning badiiy qismida iqtidorli talabalar tomonidan sahnalashtirilgan kuy-qo’shiqlar yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️NUFUZLI XALQARO "ELSEVIER - ScienceDirect" OLIMLAR VA TADQIQOTCHILAR UCHUN O‘Z ESHIKLARINI OCHDI

➡️ Akademik nashrlar taqdim etishga ixtisoslashgan "Elsevier" kompaniyasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida 2024-yilning 1-avgustigacha mamlakatimizdagi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari “ScienceDirect” xalqaro ma'lumotlar bazasi elektron resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🎯Loyihaning asosiy maqsadi – olimlarimizning butun dunyodagi eng ilg‘or ilmiy maqolalarni o‘z ichiga olgan xorijiy nashriyotlarning ilmiy-texnik axborotlar bazasidan foydalanishlarini ta’minlashdir.

📕📕📕 Ma'lumot uchun, "Elsevier - ScienceDirect" keng qamrovli, fanlararo internet-resurslar to‘plamini taqdim etadi. Platforma 4000 dan ortiq ilmiy jurnallar, 18 milliondan ortiq ilmiy maqolalar, 30 000 dan ortiq elektron kitoblarga ega bo'lish imkoniyatini beradi.

🌐Institutimizning ilmiy tadqiqotchilari va professor-o'qituvchilari ushbu ma'lumotlar bazasidan https://www.sciencedirect.com/ havolasi orqali foydalanishlari mumkin.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi. Dars jarayonlari 2024-yilning 8-yanvaridan boshlanadi.


Каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций период зимних каникул, предоставляемый студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлен с 25 декабря 2023 года по 7 января 2024 года. Занятия начнутся 8 января 2024 года.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ELON

💻 Guliston davlat pedagogika instituti va "Institut yoshlar akademiyasi" tashabbusi bilan talaba yoshlar uchun
KOMPYUTER SAVODXONLIGI
kursiga qabul e'lon qiladi.

🤔 Sizni ish yoki o'qish faoliyatingizda kompyuter bilan ishlashda muammolar mavjudmi yoki kompyuterda erkin ishlashni xohlaysizmi unda ushbu kurslarga a'zo bo'ling.

Kursda oʼrganiladigan koʼnikmalar:

😁Wordda murakkab hujjatlar yoza olish
😍Exceldan qulay foydalanish
😳Power Pointning siz bilmagan imkoniyatlari
😱Windows tizim bilan ishlash va oʼrnatish
😎Drayverlar qo'yish va kompyuterni ishchi holatga keltirish
🥶Klaviturada tez yozish koʼnikmasi
😳Printer va skanerdan erkin foydalanish.
😱Shuningdek foydali boshqa dasturlar.

Kurslarga ro'yxatdan o'tish uchun link ustiga bosing.

👉 https://forms.gle/QNtDwy1NZrNFLtvg9

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ" shiori ostida ma'naviy marifiy tadbir tashkil etildi.

Ma’lumki, bugungi kunga kelib mamalakatimizda, xotin-qizlar huquqlari himoyasining qonunchilik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Bugun Guliston davlat pedagogika institutida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida ma'naviy marifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Xovos namunali tumanlararo markazi rahbari – Qarshibayeva Gavhar, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, kapitan – Xidiraliyeva Muhabbat, Milliy Tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi rais o‘rinbosari - Shaydullayeva Nargiza hamda Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyat hodimlari va talabalari ishtirok etishdi

Tadbir davomida xotin qizlarga ko‘rsatiladigan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalanish, ayollarning jamiyatdagi mavqеini yanada oshirish hamda gеndеr tеnglikni ta’minlash, tazyiq va zoʼravonlikka uchragan shaxslarga himoya orderlarini berilish tartibi va ayollarni reabilitatsiya va himoya qilish markazi to‘g‘risida, shuningdek, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar, ularni oldini olish borasida fikr-mulohazalar almashildi. Tadbir davomida tazyiqqa va zo‘ravonlikka uchragan ayollar murojat etishlari uchun qisqa raqamli ishonch raqamlari, ayollar reabilitatsiya markazi haqida ma’lumot berib o'tildi

Tadbir yakunida talaba qizlar uchun hayotiy misollar bilan boyitilgan video roliklar namoyish etildi hamda talabalarning qiziqtirgan savollariga masullar tomonidan javob berildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_e'lon

Institutning talabalari, magistrlari, tadqiqotchilari va tayanch doktorantlar uchun tanlov.

🔹O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlab “Yangi Konstitutsiya-taraqqiyot qomusi” mavzusida Ilmiy maqolalar tanlovini e’lon qilamiz.

☝️Maqolaga qo‘yiladigan talablar:

Maqola matni 2-5 bet hajmida bo‘lishi lozim;
Maqola 1,5 intervalda (chapdan 2,5 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm, varaq bichimi A4 formatda, 210 x297mm), Microsoft Word muharririda, matnlar Times New Roman, 14 o‘lchamli shriftda yozilishi;
Mavzu bosh harflarda qoraytirilib, varaqning o‘rtasiga yoziladi, keyingi qatorlarga muallifning ismi-sharifi, telefon raqami ko‘rsatiladi;
Rasmlar *.jpg yoki *.bmp grafik redaktorida bajarilishi lozim;

Eng yaxshi maqola g‘oliblari institutning "Sayhun ilmiy axborotnomasi" jurnalida chop etilishi uchun tavsiya etiladi.

G‘oliblar Sertifikat va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.

📞Batafsil ma'lumot: +99897 340 22 99

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot
fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi 👆 rasmda tanishish mumkin.

Bizni kuzating
👇🏻
🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM