GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.9K photos
1.22K videos
49 files
3.74K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 21-23-guruh talabalari ishtirokida Tilshunoslik asoslari fanidan ochiq dars mashg’uloti bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbek tili va tillarni oʻqitish kafedrasi oʻqituvchisi Mamatova Marg‘uba tomonidan "Nutqning fonetik bo‘linishi. Bo‘g‘in va urg‘u" mavzusida olib borgan seminar mashg‘ulotida interfaol va integratsion metodlardan foydalangan holda AKT vositalari orqali olib borildi.

🔷Dars jarayonida talabalar mavzuni bahs-munozara qilish orqali mustahkamladi va interaktiv metodlardan intensiv tarzda foydalanildi.

📌Albatta, bu kabi ochiq darslar talabalarning o‘zaro fikr almashishlarida muhim ahamiyatga ega.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida ma'naviy va marifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 13-19-noyabr kunlarini mamlakatimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan, haftalik doirasida Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🍎Turkiyaning Balikesir universiteti haqida seminar-trening tashkil etildi

🌐Joriy yilning 20-noyabr sanasida Guliston davlat pedagogika institutining "Ma'naviyat" xonasida "Xalqaro hamkorlik doirasidagi ilmiy stajirovkalar va xizmat safarlar" mavzusida institut o'qituvchi va talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi.

🎓Seminar-trening davomida "Ijtimoiy fanlar va san'atshunoslik" kafedrasi dotsenti U. Mirzaliyev Turkiya ta'lim tizimining e'tiborga molik jihatlari, ta'lim texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish,Turkiyaning Balikesir universitetining fakultet va kafedralari to'g'risida taqdimot qildi.

Shuningdek, o'zining Balikesir universitetidan olgan yangi tajriba va taasurotlari bilan taqdimot ko'rinishida institutimiz o'qituvchi va talabalari bilan o'rtoqlashdi.

🤝Seminar-trening so'ngida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O'zbekiston tabiati yoshlar nigohida" nomli “Qalam tasvir” tanlovining 2-bosqich start berildi.

Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Qalam tasvir” tanlovining 2-bosqichga yo'l olgan talabalarimiz joriy yilning
22-noyabr kuni soat 14-00 da 124-xonada bo'lib o'tadigan tanlovda ishtirok etishlarini so'rab qolamiz.

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz


🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Tanlov

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:


◀️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
◀️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
◀️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
◀️Yilning eng faol sportchi talabasi;
◀️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
◀️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
◀️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

👉 На Русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM