GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.8K photos
1.22K videos
49 files
3.73K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️"Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning inson salohiyatini ro'yobga chiqarish va inson kapitalini jamg'arish" mavzusida talabalar uchun ochiq dars bo'lib o'tdi.

Ushbu keng qamrovli savolga javob berish maqsadida, bugun,17-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Tagayev Behzod Anvarovichning "Raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlarning inson salohiyatini ro'yobga chiqarish va inson kapitalini jamg'arish" mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda bugungi kunda har bir sohada yuksalish ro’y bermoqda. Ayniqsa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlar zamirida mamlakatimizni raqamli rivojlantirish alohida o’rin tutadi. Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart ekanligi alohida qayd etildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirib, chuqur ma'no-mazmun va qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu sana bilan tabriklaymiz! O‘zbekistondagi tinchlik va osoyishtalik bardavom bo‘lsin, bayrog‘imiz baland-balandlarda hilpirayversin!

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Munozara

Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti va Pedagogika fakulteti ustozlari va fakultet koordinatori tashabbusi bilan talabalarning fikrlashi, dunyoqarashi, ijtimoiy faolligini oshirish, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan oʻzgarishlar va islohotlar toʻgʻrisida bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida "Munozara" debat turniri tashkil etildi.

Unga ko'ra 4ta jamoa o'zaro bellashishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda 1-bosqich talabalarining "Yangi O‘zbekiston yoshlari" va 2-bosqich talabalarining "Daryo" jamoalari tengsiz ekanligini namoyish qilib, 1-o‘rinni qo'lga kiritishdi.

Tashkil etilgan intellektual oʻyinda inkor pozitsiya vakillaridan iborat boʻlgan Ziyolilar jamoasi gʻolib boʻlishdi. Gʻolib jamoa aʼzolari diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GulDPI talabalari bilan ma’ruza darsi o’tkazidi

💸Joriy yilning 17-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Nurbek Ayaqulovning magistr talabalari uchun "Ilmiy nashrlar, xalqaro jurnallarda maqola chop etish" mavzusida ochiq ma’ruza darsi tashkil etildi.

Ma'ruza davomida xalqaro ilmiy nashrlar, impakt faktorli jurnallarni tanlash, Scopus va Web of Science kabi ma'lumotlar ba'zalari imkoniyatlari va maqola yozish talablari to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. Magistrantlarni ilm-fan sohasiga jalb qilish, xalqaro tanlovlar, nomdor stipendiyalar va ularning baholash me'zonlari bo'yicha inklyuziv ma'lumotlar taqdimotlar vositasida yoritib berildi.

Dars so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM