GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.71K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Talabalar turar joyida yashayotgan talaba-qizlarni xolidan xabar olish doimiy yo’lga qo’yilgan

Guliston davlat pedagogika instituti mas’ul xodimlari tomonidan talaba-qizlarni yashash xonalaridagi sharoitlari o’rganildi. Shuningdek, o’rganish jarayonida talaba-qizlarga xonalarda tozalikka, sanitariya-gigiyena talablariga va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan tavsiya hamda ko’rsatmalar berildi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#o'zmaqsadlaringnibil
💥Milliy qadriyatlar – millat rivoji

💫 Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi N.Misirova, Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi D.Nosirovalar tashabbusi bilan Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 10-23guruh talabalari tomonidan "Milliy qadriyatlar" mavzusida ma'naviy va marifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan milliy urf - odatlar, an'analar, kuy, qo'shiq va raqslar hamda qadriyatlarimizga xos bo'lgan sahna ko'rinishlarini namoyish etishdi.

🔶Tadbir ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Diqqat_tanlov

“Yil talabasi — 2023” tanlovining fakultet va institut bosqichiga start berildi
.

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i yoki fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga joriy yilning 10-noyabrga qadar murojaat qilishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

📞 +998 97 124 52 57
📞 +998 97 246 71 77
📞 +998 97 224 19 09


Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
⚡️Talaba qizlar o'rtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

💫Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari U. Xoliqov va Botirova Yorqinoy tashabbusi bilan talabalar turar joyida talaba qizlarini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning shaxmat turidan musobaqa tashkil qilindi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

🥇1-o‘rin Mansurova Dilshoda

🥈2-o‘rin Rustamova Dildora

🥉3-o‘rin O‘sganova Muqaddas g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning o'tkazishdan maqsad talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish hamda yoshlar o'rtasida shaxmat sportini rivojlantirishdan iborat.

Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💫Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va giyohvandlikni oldini olish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

⚡️Bugun Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida “Pedagogika” fakulteti dekani Sh.Norqulov, Guliston shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari ishtirokida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, giyohavdlik va kiberjinoyatchilikni oldini olish to'g'risida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, bu sohada ayniqsa yoshlar orasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar hamda ko’rilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida fikir mulohazalar bildirildi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website