GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
"Innoweek.uz-2023" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi davom etmoqda.

Bugun Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyi binosida Xalqaro ekspert, ilmiy nashriyot olamining taniqli shaxsi, Springer Nature kompaniyasining Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha litsenziyalash menejeri Irina Aleksandrova "Innoweek.uz-2023" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti talabalari bilan ochiq muloqat bo'lib o'tdi.

Tashrif davomida, Irina Aleksandrova, institutimizning talabalari, professor-o'qituvchilariga ilmiy nashrlar, xalqaro jurnallar, ilmiy tadqiqotlar hamda Springer Nature ma'lumotlar bazasi bilan ishlash va uning ahamiyati haqida ma'ruza qildi va o'zining ushbu sohadagi boy tajribasi bilan bo'lishdi.

Qiziqarli kechgan ma'ruza davomida institutimiz talabalari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdilar.

"Innoweek.uz-2023" xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi davom etmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💫“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2- mavsumi doirasida OTMlar o‘rtasida voleybol turi bo‘yicha viloyat bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra
:

(Yigitlar o‘rtasida)
🥇Guliston davlat universiteti
🥈Guliston davlat pedagogika instituti
🥉Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoalariga nasib etdi.

(Qizlar o‘rtasida)
🥇Guliston davlat universiteti
🥈Guliston davlat pedagogika instituti
🥉Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g'olib ishtirokchilar diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Guliston davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari tomonidan davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda o‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tilm faxrim meni" mavzuida chelenj tayyorlandi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Talabalar_uchun_qulaylik

⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini
my.gov.uz portali orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi

📌 Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz ga kiriladi.

1. "To'lovlar" bo'limidan "OTM shartnoma to'lovi" tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to'lov summasi kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

my.gov.uz orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Guliston davlat pedagogika institutida Marketing va talabalar bilan amaliyot ishlari davom etmoqda.

Bugun Guliston davlat pedagogika institutida Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i Sardor Qo‘ldoshev hamda bosh mutaxassisi Nigora Botirova va Marketolog Durdona Abduraxmonovalar bilan birgalikda talabalar bandligini ta'minlash to'g'risida talabalar bilan muntazam ravishda suhbat olib borilib,talabalarning ishga joylashish va jamiyatda o'z o'rnni topish bo'yicha marketing bo'limi tomonidan targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Targ'ibot so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javob olishdilar.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💫Bilimdon talaba yoshlar bir safga jam bo'ldi.

Joriy yilning 20-oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplyanes nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tashabbusi bilan Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida "Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi " shiori ostida " Zakovat " intellektual musobaqasi bo'lib o'tdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda 8 ta jamoa ishtirok etib bilimdon va zukko jamoalar saralandi.

Yakuniy natijalarga ko'ra
:

🏆1-o'rin Targ'ibot jamoasi

🥈2-o'rin Geograflar jamoasi

🥉3-o'rin Huquqshunos qizlari hamda Perfect jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

📚Musobaqa yakunida g'olib jamoalar estalik sovg'alari bilan taqdirlanishdilar.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💫“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2- mavsumi doirasida OTMlar o‘rtasida mini futbol turi bo‘yicha viloyat bosqichi yakunlandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra
:

🥇Guliston davlat universiteti
🥈Guliston davlat pedagogika instituti
🥉Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali jamoalariga nasib etdi.

G'olib jamoalarga viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website