GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
49 files
3.67K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#ochiq_dars

Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Aziz Qalandarovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruza davomida "Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantrish konsepsiyasi mazmun mohiyati" borasida so'z yuritildi.

⚡️ Xususan, oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Dars davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#TABRIKLAYMIZ!

🏵 Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparkida “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda Guliston davlat pedagogika institutining Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti Intellektual loyihalar koordinatori, Ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti Milliy g‘oya ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 29-22 guruh talabasi Sharifova Adiba Farhod qizi ham faol ishtirok etdi. Xususan, Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparki InnoX biznes inkubatsiya dasturi 2-mavsumiga qabul qilinganligi munosabati bilan sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Sharifova Adibaning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting👇👇

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#InnoWeek_2023

Clarivate xalqaro kompaniyasining mijozlar muvaffaqiyati bilan ishlash bo'yicha mutaxassisi Tixonkova Irina Aleksandrovna hamda GulDPI rektori Jaxongir Karshibayev o'rtasida “Innoweek.uz-2023” haftaligi doirasida kelishuv shartnomasi imzolandi
.

⚡️Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha OTMlarda Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi shiori ostida “Innoweek.uz_2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo'lib o'tmoqda.

🔷Institut Ma'naviyat markazida Innoweek-2023 innovatsion g'oyalar hafatligining ahamiyati” mavzusida tadbir tashkil etildi.

🔶Mazkur haftalikning Yoshlar forumiga doir tadbirida Xalqaro ekspertlar ishtirokida "Web of Science" xalqaro ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqola chop etish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰 “Innoweek.uz_2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 20-oktabrga qadar davom etadi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
❗️Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik, diniy ekkstremizm va terrorizm hamda korrupsiyani oldini olish bo'yicha tadbir tashkil etildi

Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar ishtirokida "Yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, diniy ekkstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda korrupsiya - jamiyat kushandasi" shiori ostida tadbir tashkil etildi. Tadbirga Guliston shahar IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i S.Haqberdiev, Guliston shahar IIO FMB 2-sonli IIB JQB katta tezkor vakillari I.Omonov va M.Isroilovlar, din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi M.Yusupov tashrif buyurdi.

📌 Ichki ishlar va din ishlari bo'yicha qo'mita vakillari talaba-yoshlarga mavzu yuzasidan kerakli ma'lumotlar va tavsiyalarni berib o'tdilar.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo Texnoparki 1️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi — Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparki faoliyatiga 1 YIL bo'ldi.

Ushbu video lavhada bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sarhisobini ko'rishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring👇
Telegram | Instagram | Facebook |Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM