GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Mehnat_yarmarkasi

Bugun, 7-oktabr kuni Guliston shahrida Sirdaryo viloyati yoshlarini bandligini ta'minlash maqsadida "Ish bor" loyihasi doirasida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda viloyat, tuman va shahar tashkilotlari, bank sohasi vakillari hamda 150 nafardan ziyod ishsiz yoshlar qatnashdi. Xususan, Guliston davlat pedagogika instituti vakillari ham o'zlarining vakant lavozimlari bilan faol ishtirok etishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT FORUM!!!

📌Guliston davlat pedagogika institutida 18-oktabr sanasida Respublika miqiyosida o'tkaziladigan Innovatsion g'oyalar "INNOWEEK - 2024" haftaligi doirasida"Yoshlar akademiyasi forumi" o‘tkaziladi.

Forum doirasida:

➡️ Yoshlar akademiyasining “Bo‘lajak olim” tanloviga hamda “Akademik xarakatchanlik” dasturiga arizalar topshirish bo'yicha master klasslar o'tkaziladi

➡️ Talaba qizlar o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining targ'iboti olib boriladi

Ushbu forumda yosh startapchilar, tadbirkorlar, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zlarining g'oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin

Loyiha va maqolalar quyidagi raqamlar orqali 15-oktabrgacha qabul qilinadi: +998 97 565 00 05, +998 90 927 36 99

📆Sana: 18.10.2023
🕰Vaqti: 11:00

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GulDPI talaba qizlari bilan samimiy suhbat qurildi

Sir emaski, bugungi kunda yoshlarni ta’lim-tarbiyasiga, odob-axloqiga va jamiyatda komil inson bo’lib, o’z o’rnini topishda davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada pedagoglar va Xotin-qizlar bo’limlarining roli muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, joriy yilning 7-oktabr sanasida Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi N.Misirova tomonidan ijarada turuvchi talaba qizlarning yashah sharoitlari o’rganildi.

Jarayon davomida xonadon sohibalari va talaba qizlar bilan odob-axloq qoidalari, ularning jamiyatdagi va oiladagi o'rni borasida tushuntirilib, samimiy suhbat qurildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GulDPI talabalari bilan ma’ruza darsi o’tkazidi

💸Joriy yilning 7-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Nurbek Ayaqulovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

Unda "Talabalar ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligining ilmiy asoslari" borasida so‘z yuritildi.

Ma'ruza davomida iqtidorli talabalar faoliyatini rivojlantirish, iqtidorli talabalarni ilm-fan sohasiga jalb qilish, xalqaro tanlovlar, nomdor stipendiyalar va ularning baholash me'zonlari bo'yicha inklyuziv ma'lumotlar taqdimotlar vositasida yoritib berildi.

Dars so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣🟥🟥🟥

Hurmatli GulDPI talabalari!

🔰Joriy yilning 9-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Aziz Qalandarovning ochiq ma’ruza darsi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruza davomida "Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantrish konsepsiyasi mazmun mohiyati" borasida so'z yuritiladi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣🟥🟥🟥

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti iqtidorli talabalari va professor o’qituvchilari diqqatiga!

💎Joriy yilning 11-oktabr kuni soat 11:00 da Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jaxongir Karshibayev ishtirokida “Iqtidorli talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb qilish” mavzusida iqtidorli talabalar va ularga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar ishtirokida faollar zalida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkaziladi.

‼️Barchangizni faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

Iqtidorli talabalar ro‘yxati va ularga biriktirilgan ustozlar haqida quyidagi havola orqali ma’lumot olishlari mumkin:

➡️https://telegra.ph/GulDPI-10-09

Barcha ishtirokchilar 2022-2023 o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha ma’lumot bilan ishtirok etishi so‘raladi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Amaliyotchi talabalarning pedagogik mahoratini oshirish bo'yicha seminar-trening o'tkazildi

💸Bugun, 9-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Marketing  va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i S.Qo‘ldoshev tomonidan PQ "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 289-sonli qaroriga asosan 4+2 dasturi bo'yicha professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan Pedagogika hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti amaliyotchi talabalarning dars tahlil jarayonlarida pedagogik mahoratini oshirish yuzasidan seminar-trening o'tkazildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«Iqtidorli talabalar» bilan uchrashuv tashkil etildi

💸Joriy yilning 11-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Nurbek Ayaqulov tomonidan iqtidorli talabalarni innovatsion yondashuvga jalb qilish va ularning g’oyalarni yangicha tizimda takomillashtirish maqsadida, talaba yoshlar bilan "Iqtidorli talabalarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb qilish" mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Ucharashuv davomida talabalarga ilmiy va ommabop maqolalar yozish, ilmiy ko‘nikmalar hosil qilish, nomdor stipendiyalar tanlovlarida qatnashish talablari bo'yicha taqdimotlar orqali to'liq ma'lumot berildi.

So’ng, ilmiy izlanishlar bo‘yicha talabalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni

💎 11-oktabr — «Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti hamda Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filiali o’rtasida Xotin-qizlar maslahat Kengashi raislari tashabbusi bilan "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Bahs-munozaralarga boy tarzda o'tgan musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇Guliston davlat universiteti jamoasi
🥈Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi
🥉Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filiali jamoasi.

Ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan estdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM