GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
42 files
3.66K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Talabalar amaliyoti davom etmoqda

💸Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabalari PQ "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 289-sonli qaroriga asosan, 4+2 dasturi bo'yicha maktablarda malakaviy pedagogik amaliyot o'tashmoqda.

2-bosqichning amaliyotchi talabalari Guliston shahrida joylashgan 1-2-3-4-5-7-8-9-11-16-17-18 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, 9-10-15 MTTlarida amaliyotda faol ishtirok etishmoqda.

Amaliyotchi talabalarning dars jarayonlari GulDPI Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig’i S.Qo‘ldoshev, bosh mutaxassis N.Botirova va marketolog D.Abduraxmonova tomonidan kuzatib borilmoqda.

✔️GulDPI professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan amaliyotchi talabalar dars tahlil jarayonlarida muntazam ravishda ishtirok etib, pedagogik mahoratini oshirmoqda.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i ilovasidagi chora-tadbirlar rejasining 18-bandi ijrosi yuzasidan “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv- seminarlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Shu bois, joriy yilning 6-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida Хalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyat mudiri A.Abduraxmonov, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.Tagayev, institut Kengashi kotibi X.Mavlankulov va tyutorlar ishtirokida o'quv-seminari bo'lib o'tdi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gеrmаniуа Federativ Respublikasi va Qatar davlatlariga tashriflarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, talabalar bilan ishlash jarayonida avvalo ular bilan yaqindan taninsh, samimiy suhbat qurish va ularni psixologik holatrini o'rganish lozim ekanligi alohida ta'kidlandi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Bugun, 6-oktabr sanasida 3-juftlik 25-23 guruhda O‘zbek tili va tillarni o'qitish kafedrasi dotsenti D.Jabborova tomonidan rus adabiyoti tarixi (Folklor) fanidan “Семейно-бытовая обрядовая поэзия. Заговоры“ mavzusida seminar mashg‘uloti o'tkazildi.

Unda onalik marosimlari va tegishli tadbir matnlari, nikoh marosimi va uning bosqichlari to'g'risida so'z yuritildi. Shunugdek, rus to'y marosimining o'ziga xos xususiyatlari: asosiy ishtirokchilarning xatti-harakati, belgilar, nolalar va ulug'vorlik talabalarning sahna ko'rinishlari orqali namoyish etildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Talabalar ligasi” sport musobaqalariga start berildi

💎Joriy yilning 6-oktabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining voleybol turi bo’yicha 1-bosqich bellashuvlari boshlandi.

Musobaqa 13-oktabrga qadar davom etadi. G’olib jamoalar institut sport klubi tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Axborot xati

💎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-251-sonli qarori hamda 2023-yil 5-maydagi “Dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-139-sonli qarorlariga asosan soxa doirasida ta’lim, ilim va ishlab chiqarishni integrasiyasiga erishish maqsadida, joriy yilning 19-oktabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Dorivor o‘simlikshunoslikda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi belgilandi. Barcha soxa doirasidagi tadqiqotchilarni ushbu ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.

Anjumanda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlash borasida amaliy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotgan barcha fermer va o‘rmon xo‘jaliklari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari va iqtidorli yoshlarimiz o'zlarining ilmiy maqolalari bilan qatnashishlari mumkin.

➡️Batafsil: https://telegra.ph/Axborot-xati-10-07

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mehnat_yarmarkasi

Bugun, 7-oktabr kuni Guliston shahrida Sirdaryo viloyati yoshlarini bandligini ta'minlash maqsadida "Ish bor" loyihasi doirasida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda viloyat, tuman va shahar tashkilotlari, bank sohasi vakillari hamda 150 nafardan ziyod ishsiz yoshlar qatnashdi. Xususan, Guliston davlat pedagogika instituti vakillari ham o'zlarining vakant lavozimlari bilan faol ishtirok etishdi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT FORUM!!!

📌Guliston davlat pedagogika institutida 18-oktabr sanasida Respublika miqiyosida o'tkaziladigan Innovatsion g'oyalar "INNOWEEK - 2024" haftaligi doirasida"Yoshlar akademiyasi forumi" o‘tkaziladi.

Forum doirasida:

➡️ Yoshlar akademiyasining “Bo‘lajak olim” tanloviga hamda “Akademik xarakatchanlik” dasturiga arizalar topshirish bo'yicha master klasslar o'tkaziladi

➡️ Talaba qizlar o‘rtasida “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovining targ'iboti olib boriladi

Ushbu forumda yosh startapchilar, tadbirkorlar, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zlarining g'oyalari bilan ishtirok etishlari mumkin

Loyiha va maqolalar quyidagi raqamlar orqali 15-oktabrgacha qabul qilinadi: +998 97 565 00 05, +998 90 927 36 99

📆Sana: 18.10.2023
🕰Vaqti: 11:00

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️GulDPI talaba qizlari bilan samimiy suhbat qurildi

Sir emaski, bugungi kunda yoshlarni ta’lim-tarbiyasiga, odob-axloqiga va jamiyatda komil inson bo’lib, o’z o’rnini topishda davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada pedagoglar va Xotin-qizlar bo’limlarining roli muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois, joriy yilning 7-oktabr sanasida Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi N.Misirova tomonidan ijarada turuvchi talaba qizlarning yashah sharoitlari o’rganildi.

Jarayon davomida xonadon sohibalari va talaba qizlar bilan odob-axloq qoidalari, ularning jamiyatdagi va oiladagi o'rni borasida tushuntirilib, samimiy suhbat qurildi.

🌐 Website Telegram Facebook 🌐 Instagram 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM