GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.7K photos
1.21K videos
49 files
3.69K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Faxriy ustozlar e‘zozda!

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan har bir soha vakili o‘zining ko‘p yillik mehnati va sadoqatligi bois, alohida taqsinga loyiq ekanligi bejiz emas albatta. Dar haqiqat, vatanga muhabbat ila o‘z ishiga vijdonan yondoshgan har bir xodim rag‘bat va e‘tirofga sazovordir.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-sentabr sanasida Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik B.Begaboyev nomidan podpolkovnik J.Zulfaliyev Guliston davlat pedagogika instituti 2-bo‘lim boshlig‘i, zaxiradagi podpolkovnik Boboyev Shavkat Abdurasulovich hamda mudofaa vazirligi zaxiradagi leytenant, Falsafa fanlari doktori (PhD) Asatulloyev Abrorxon Asatulloyevichlarni 1-oktabir "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Xodimlarimizni kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz!

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

📹Video tabrik Guliston davlat pedagogika instituti talabalar media guruhi tomonidan tayyorlandi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti "O'zbek tili va tillarni o'qitish" kafedrasi o'qituvchisi Mamatova Marg'uba va "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishi 21-23-guruh talabalarining 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan, barcha uztoz va o'qituvchilar uchun tayyorlagan video tabrigi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#seminar
#ochiq_dars

Joriy yilning 29-sentabr kuni Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Munisa Ulug'bekovaning jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanidan "O‘zini o'zi boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madaniyatni tashkil etish tizimlari va vazifalari" mavzusida 35-22-guruh talabalar ishtirokida ochiq dars seminari o‘tkazidi.

Mazkur dars "Aqliy hujum", "BBB", "O‘yin" metodalaridan foydalanib tashkil qilindi. O‘quvchilar mavzuni qiziqarli va esda qolarli shaklda o'rganishdi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️Kasb bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

❇️Ma’lumki, ta’lim va tarbiya mamlakat taraqqiyoti va uning kelajagi kafolati ekani isbot talab qilmaydigan haqiqat. Mamlakatimizning etuk davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashi avvalo ilm-fan va ta’lim-tarbiya sohasining rivoji, bu borada bizning dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq, desak, ayni mutdaodir. Shunday ekan hozirgi davrda, xususan yoshlarning ta’lim olishida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.

❇️Shu bois, joriy yilning 30-sentabr kuni, Guliston davlat pedagogika instituti Madaniyat saroyida «1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan, konsert dasturi tashkil etildi. Tadbir boshida GulDPI rektori Jaxongir Karshibayev so‘zga chiqib, mazkur dargohda faoliyat yuritayotgan ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbot etdi. Dastur davomida musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalarining ba’diy chiqishlari namoyish etildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️GulDPIda sport musobaqalari tashkil etildi

Xabaringiz bor, “1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan, mamlakatimiz bo‘ylab madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Shu o‘rinda Guliston davlat pedagogika institutida ham bir qator sport tadbirlari tashkil etildi. Xususan, xodimlar va talabalar o‘rtasida mini-futbol, stol tennisi va ayollar o‘rtasida voleybol sport turlari bo‘ycha musobaqa o‘yinlari o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, jamoalar quydagi o‘rinlarni egallashdi:

⚽️Mini-futbol:

🥇Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi jamoasi
🥈Rektorat jamoasi
🥉Aniq fanlar jamoasi

🏐Voleybol:

🥇
Ijtimoiy gumanitar fakulteti jamoasi
🥈Pedagogika fakulteti jamoasi

Albatta, bunday tadbirlar har birimizni avvalo jismonan tetik va sog‘lom bo‘lishimizga sababchi bo‘laoladi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sog‘alari bilan taqdirlandi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook