GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.21K videos
49 files
3.68K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#yosh_shaxmatchilar
#festival

Xabaringiz bor, kuni-kecha Yoshlar markazida "Yosh shaxmatchilar" festivali yuqori kayfiyat bilan o‘tkazildi. Mazkur turnirda Guliston davlat institutining 100 dan ortiq talabalari ham faol ishtirok etishdi.

Shunigdek, festival doirasida "Mard o'g'lon" Davlat mukofoti sovrindori - Sirdaryo o'g'loni Bahrom Bahrullayevning viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirokida, viloyatning shaxmatsevar yoshlari bilan motivatsion uchrashuvi bo'lib o'tdi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️“Zakovat” turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining 2023-yil 22-sentabrdagi № 01-18/695-sonli ijrosini ta’minlash maqsadida, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur o‘tkazilgan bellashuvda Guliston davlat pedagoogika institutining akademik litseyi o‘quvchilari O.Tursunaliyeva, S.Jiyanboyeva, I.Iskandarov, S.Davletov, A.Anvarov, D.Turdibekov, H.Anorqulovlar faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egallashdi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. O‘quvchilarga kelgusi bosqichda muvaffaqiyat tilaymiz!

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️GulDPI talabalari uchun trening tashkil etidi

🔹Guliston davlat pedagogika instituti talabalar turar joyida yashovchi yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish maqsadida, Pedagogika fakulteti tyutori F.T.Nazarova tomonidan psixologik trening o‘tkazildi. Treningda 1-bosqich talabalari ishtirok etib, jarayon davomida yoshlarni jipslashtirish va kayfiyatini ko‘tarish maqsadida qator psixologik o‘yin-mashqlar o‘tkazildi.

🔹Shu o‘rinda psixologik yordamga muhtoj talabalarga alohida maslahatlar berilib, tartib-qoidalarga amal qilmagan talabalar bilan yotoqxona tarbiyachi-pedagogi D.Amanova va F.T.Nazarovalar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
⚡️GulDPI talabalari bilan ijodiy uchrashuv

Bugun, 29-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti faollar zalidla Sirdaryo viloyati Olim Xo‘jayev nomidagi musiqali drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan artist Zulfiya Eshmurodova va Yangi Sirdaryo gazetasi muxbiri, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Xasan Abduvoxidov tomonidan talabalar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda tashrif buyurgan mehmonlar avvalo o‘zlarining hayoti va ijodi, ko‘p yillar mobaynida yengib o‘tgan hayot sinovlari borasida so‘z yuritishdi.

Bu bilan, ijodkorlar misolida yosh talabalar o‘zlarining g‘oya va maqsadlari sari doim intilishlarini ta’kidlashdi. Shu bilan bir qatorda talabalarning hayotida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyos ekanligi aytib o‘tildi va Z.Eshmurodovaning shu mavzuga oid monologi o‘qib eshittirildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor B.Tagayev ishtirok etib, tashrif uchun ijodkorlarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.
⚡️Faxriy ustozlar e‘zozda!

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan har bir soha vakili o‘zining ko‘p yillik mehnati va sadoqatligi bois, alohida taqsinga loyiq ekanligi bejiz emas albatta. Dar haqiqat, vatanga muhabbat ila o‘z ishiga vijdonan yondoshgan har bir xodim rag‘bat va e‘tirofga sazovordir.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 29-sentabr sanasida Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik B.Begaboyev nomidan podpolkovnik J.Zulfaliyev Guliston davlat pedagogika instituti 2-bo‘lim boshlig‘i, zaxiradagi podpolkovnik Boboyev Shavkat Abdurasulovich hamda mudofaa vazirligi zaxiradagi leytenant, Falsafa fanlari doktori (PhD) Asatulloyev Abrorxon Asatulloyevichlarni 1-oktabir "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Faxriy yorliq bilan taqdirladi.

Xodimlarimizni kelgusi faoliyatlarida omad tilab qolamiz!

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

📹Video tabrik Guliston davlat pedagogika instituti talabalar media guruhi tomonidan tayyorlandi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti "O'zbek tili va tillarni o'qitish" kafedrasi o'qituvchisi Mamatova Marg'uba va "O'zbek tili va adabiyoti" yo'nalishi 21-23-guruh talabalarining 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan, barcha uztoz va o'qituvchilar uchun tayyorlagan video tabrigi.

➡️ Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook