GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.9K photos
1.22K videos
49 files
3.75K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#talaba
#ijara

⚡️2023-yilning 24-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dekani Sh.Norqulov, yoshlar masalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari N.Boyjigitov hamda fakultet tyutorlari tomonidan ijarada istiqomat qilayotgan talabalar xonadonlarga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

🧩Talabalarning asosiy qismi institutga yaqin hududda joylashgan mahallalarda ijara xonadonlarida istiqomat qiladi. O‘rganishlar davomida ijara xonadonlarining texnik xavfsizligi, gaz, suv, elektr ta'minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

📌Institut talabalarining darsdan keyin bo‘sh vaqtida nimalar bilan band ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ijara xonadonlari egalari bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

🧩 Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-sentabrdagi 02/02-02/2-98-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “Huquqiy savodxonlik oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusiga bag‘ishlangan ma’ruza darsi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ochiq ma’ruza darsida litsey o‘quvchilariga Guliston shahar ma’naviyat va marifat markazi bosh mutaxasisi G.Ochilova tomonidan inson huquqlari va erkinliklari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#o'zmaqsadlaringnibil
#TALABALAR_OQSHOMI

⚡️Joriy yilning 24-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti TTJ hovlisida talaba-yoshlar uchun “Talabalar oqshomi” konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

🧩Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan ko'ngilochar bayram dasturida iqtidorli talaba - yoshlar o‘zlari tayyorlagan kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

📌 Tadbir davomida institutning faol talabalari tomonidan qiziqarli va interaktiv o'yinlar o‘tkazildi. Konsert dasturi talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#talaba
#ijara

⚡️Joriy yilning 25-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi muhandisi D.Saloxiddinov, Guliston shahar FVB P va NB inspektori katta leytenant Z. Navruzov hamda fakultet tyutori O.Xayitovlar talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurdi.

🧩Institut talabalari istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarining texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganligi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

📌Shuningdek, mas’ullar tomonidan xonadon egalariga gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini ishlatishda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur ekanligi hamda talabalarga foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website