GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.2K photos
1.25K videos
49 files
3.85K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Rektor_kubogi_2023


🏆Ayni damda Guliston davlat pedagogika institutida ''Rektor kubogi -2023'' sport musobaqasining futbol turi bo‘yicha 2-bosqichi bo'lib o'tmoqda.

⚽️''Rektor kubogi -2023'' sport musobaqasida 2-bosqich Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 19-23 va 16-23 guruh talabalari ishtirok etmoqda.

🔥G'olib jamoalar institut rektori tomonidan taqdirlanadi.

GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#elon

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovini e’lon qiladi

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

🔹Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
🔸“Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
🔹Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
🔸Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘quv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
🔹Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
🔸Inson huquqlari bilimdoni;
🔹Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.

Materiallar 1-noyabrga qadar qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun elektron arizani to‘ldirishingiz, konkurs2023@nhrc.uz manziliga jo‘natishingiz lozim.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadi.

🌎
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guliston shahar IIB JXX HPB xodimlari tomonidan Guliston Davlat Pedagogika institutida qonunchilik targ‘ibotiga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
—————————
Гулистон шаҳар ИИБ ЖХХ ҲПБ ходимлари томонидан Гулистон Давлат Педагогика институтида қонунчилик тарғиботига қаратилган тадбир ташкил этилди.

Telegram/ Facebook/ Youtube/ Instagram/ Ok
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_anjuman

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligida xalqaro konferensiya boshlanish arafasida
___
В Министерстве высшего образования, науки и инноваций скоро стартует международная конференция
___
An international conference will start soon at the Ministry of Higher Education, Science and Innovation

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#dekan_va_talaba

⚡️Joriy yilning 20-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani B.Abdullayev tomonidan 1-2-bosqich talabalari bilan suhbat olib borildi.

📌Uchrashuv davomida talabalarning ijara va yotoqxonada yashash sharoiti, professor-o‘qituvchilarning dars o‘tishdagi ilmiy salohiyati va institut haqidagi fikrlari tinglandi.

🖇Aniqlangan muammo va kamchiliklarni ijobiy hal etish bo'yicha takliflar berildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Besh_tashabbus_Olimpiada

🔥 Bugundan Guliston davlat pedagogika institutining fakultetlar o‘rtasida “Besh tashabbus Olimpiada”si sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🏀Musobaqa shartlari: Ishtirok etish uchun belgilangan sport turlari bo‘yicha institutning fakultet terma jamoalari shakllantirilishi lozim.

🥇🥈🥉Muvaffaqiyatli qatnashgan g’olib jamoalar institut sport klub tomonidan esdalik sovg’alar bilan taqdirlanadi.

📲 Murojaat uchun telefon: +998 90 312 14 06 https://t.me/Dadaxon9191

📲Raimov Davlatnur — +998 94 912 42 02 https://t.me/Davlatnur1994

🏆Hurmatli talabalar! “Besh tashabbus Olimpiada”si sport musobaqalarida faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🗣Sirdaryolik yoshlar, qayerdasiz?!

Orziqib kutilgan Biznes Marafonning navbatdagi manzili, Sirdaryo viloyati!

Shoshiling, bepul bilim va tajriba olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Eng yaxshi savol egalari hamda faol yoshlarga biznes kitoblar sovg‘a qilinadi.

Marafon o‘tkaziladigan vaqt: 22-sentyabr, 15:00 da
Manzil: Guliston shahri Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: biznesmarafon_bot

O’z kelajagingizni biz bilan yarating!

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznes ham ilm

Bir guruh taniqli va muvaffaqiyatli tadbirkorlar mamlakatimiz bo‘ylab o‘ziga xos "Biznes-marafon" uyushtirib, yosh tadbirkorlarga o‘z tajriba va bilimlarini o‘rgatayotganlaridan xabaringiz bor.

Navbat Sirdaryo viloyatiga yetib keldi. Qatnashish mutlaqo bepul. @biznesmarafon_bot orqali ro‘yxatdan o‘tsangiz bo‘ldi.

Dadil bo‘ling, marafon bu – harakat. Baraka esa aynan harakatdadir.

Navbatdagi uchrashuv manzili:

📆22 sentyabr, soat 15:00 da

📍 Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Uch_avlod_uchrashuvi

⚡️Bugun 21-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o’tdi.

📍Tadbirda Sirdaryo viloyati Guliston shahri Baxt mahallasi faoli, nuroniy A.To‘rayev hamda ko'p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, yoshlarga ta’lim-tarbiya bergan faxriy o‘qituvchi X. Mavlonqulovlar ishtirok etdi.

🔗Uchrashuvda institutning pedagog-xodimlari va talabalari nuroniylarning katta hayotiy tajribalari va kerakli tavsiyalaridan bahramand bo‘ldi.

📌Ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website