GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.2K photos
1.25K videos
49 files
3.85K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Тalaba_yoshlari_forumi

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamkorligida Sirdaryo viloyati talaba-yoshlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum davomida oliygoh talaba-yoshlari shaxmat, zakovat, munozara, mushoira, osh chempionati, futbol, voleybol, stol tennisi va san'at yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqdalar.

🔷Mazkur “Тalaba-yoshlari forumi” “Prezidentning 5 muhim tashabbusi” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish, madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

🎺 Forum yakunida "Yoshlar oqshomi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#PhD/DSc_2024

📣 Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi

2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.

stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;

tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;

mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.

Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.


Сегодня начался прием заявок на послевузовское образование (докторантура)

Документы на все формы послевузовского образования на 1 квартал 2024 года осуществляется через Единую электронную систему с 15 сентября по 15 октября текущего года.

Ответы на вопросы, возникающие при подаче документов, можно найти в специальной телеграм-группе t.me/phd_technical_admins.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#e’lon

⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilinadi

Tanlovda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

👉Batafsil
____

Объявляется стипендиальная программа на 2023-2024 учебный год

В конкурсе могут принять участие студенты 3-4 курсов бакалавриата и 1-2 курсов магистратуры, обучающиеся в высших образовательных учреждениях технического направления.

👉Подробно

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Тalaba_yoshlari_forumi

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamkorligida o‘tkazilgan Sirdaryo viloyati talaba-yoshlari forumi o'z nihoyasiga yetdi.

Talaba-yoshlar forumida GulDPI yoshlari ham faol ishtirok etdi va o‘z iqtidorlarini namoyon qildi. Xususan, Forum doirasida o‘tkazilgan sportning shaxmat bo‘yicha musobaqasida Guliston davlat pedagogika institutining talabalari Mamatov Behruz 1-o‘rin va O‘sarboyeva Kamola 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🎼Forum yakunida talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida “Yoshlar oqshomi” tashkil etildi.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Talabalar_oqshomi

⚡️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida “Biz bir bo‘lsak yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!” shiori ostida "Talabalar oqshomi" bo‘lib o‘tdi.

🏢Tadbirda Guliston davlat pedagogika institutining faol va iqtidorli talaba-yoshlari ham ishtirok etdi.

💥Festival doirasida o'tkazilgan tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan sovg'alar topshirildi.

🌟Konsert dasturi talaba-yoshlarga yuqori kayfiyat ulashdi.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Rektor_kubogi_2023

Hurmatli GulDPIning shijoatkor talabalari!

🏆Sizlarni, 2023-yilning 19-20- sentabr kunlari ''Rektor kubogi -2023'' doirasida bo‘lib o‘tadigan sportning futbol turi bo‘yicha musobaqaga taklif etamiz. Musobaqada faqat 1-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin!

🥇G'olib jamoalar institut rektori tomonidan taqdirlanadi.

💥Sizni sport musobaqalari va do‘stlik ruhiga to‘la hayajonli hafta kutmoqda!

📲Murojaat uchun telefon: +998 90 312 14 06 https://t.me/Dadaxon9191


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#DIQQAT_E‘LON💣💣💣💣💣💣

#bu_aynan_siz_uchun
#ishtirok_eting_va_ģolib_bòling

"TALABALAR MEDIA GURUHI"

💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥💥

🏢Guliston davlat pedagogika instituti talabalari endilikda siz ham
🗯 "Talabalar media guruhi" a'zosi bo‘lishingiz mumkin!...

🤔Qanday qilib deysizmi?...

Buning yo'li juda ham oson!

♻️ Siz faqat 19-sentabrda soat 10:00 da 2-bosqich talabalari uchun ,

♻️ soat 12:00da 1-bosqich talabalari uchun bo‘lib o'tadigan suhbatda ishtirok etishingiz kerak, xolos!

☎️Suhbatda ishtirok etish uchun:
@Sharifova_Adiba
@Sabrin_0131 murojaat qilishingiz mumkin.

👆O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javobni olasiz!

‼️Shoshiling! Siz ham media olamida o‘zingizni kashf qiling!
🤝Biz SIZni kutamiz!
🖐Ko‘rishguncha
😊

🔰Bizni kuzatishda davom eting👇👇

|🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Tanishing

Karshibayev Jahongir Hazratqulovich — Guliston davlat pedagogika instituti rektori


GulDPI Axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website