Forwarded from Edu.uz
#tanlov #ixtirochilik #ratsionalizatorlik
“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!
Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi?
Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz.
Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
✔️ atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
✔️ foydalanishga tayyorligi;
✔️ eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
✔️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
✔️aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
✔️tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.
Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.
Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:👉 https://t.me/IR_Registratsiya_Bot
Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

September 15, 2023
📚#Tabriklaymiz!
#ilmiy_yutuq
📣 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug’iga asosan Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san`atshunoslik" kafedrasi dotsenti Xayrov Rasim Zalimxon o`g`lining “TASVIRIY SAN’AT FANINI O’QITISH METODIKASI” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda chop etishga ruhsat etildi.
💫GulDPI jamoasi Rasim Xayrovni erishgan yutug’i bilan tabriklaydi va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
📩GulDPI axborot xizmati
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website

#adabiy_tadbir
⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining sohir sheʼriyat sohibi Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “R.Parfi ijodining o‘ziga xos xususiyatlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.
📍Tillarni o'qitish kafedrasi ona-tili va adabiyoti o‘qituvchisi Rayhona Ubaydullayeva tomonidan tashkil etilgan adabiyot kechasida kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar va tyutorlar ishtirok etdi.
🖇Ma’lumot uchun, Rauf Parfi 1943- yil 27- sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Rauf Parfi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lib, uning “Karvon yo‘li”, “Aks-sado”, “Tasvir”, “Ko‘zlar”, “Qaytish”, “Sabr daraxti”, “Sukunat”, “Tavba”, “So‘nggi vido” kabi she'riy to‘plamlari nashr etilgan.
🔸

Tadbir so‘ngida talabalar shoir ijodidan she'rlar o‘qishdi.
🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
September 15, 2023
#Тalaba_yoshlari_forumi
✅ Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamkorligida Sirdaryo viloyati talaba-yoshlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
♟Forum davomida oliygoh talaba-yoshlari shaxmat, zakovat, munozara, mushoira, osh chempionati, futbol, voleybol, stol tennisi va san'at yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqdalar.
🔷Mazkur “Тalaba-yoshlari forumi” “Prezidentning 5 muhim tashabbusi” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish, madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.
🎺 Forum yakunida "Yoshlar oqshomi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#PhD/DSc_2024
📣 Bugundan oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura) uchun hujjat topshirish boshlandi
2024-yil 1-chorak uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlimning barcha shakllari bo‘yicha hujjatlar joriy yil 15-sentabridan 15-oktabriga qadar Yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.
stajyor-tadqiqotchilik — ishlab chiqarishdan ajralgan holda tegishli ixtisoslik boʻyicha ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlarni olib borish va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun izlanuvchini tayyorlash shakli;
tayanch doktorantura — falsafa doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
doktorantura — fan doktori (Doctor of Philosophy) ilmiy darajasiga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga daʼvogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim shakli.
Hujjat topshirish vaqtida tugʻiladigan savollarga t.me/phd_technical_admins maxsus telegramm guruhi orqali javob olish mumkin.
➖ ➖ ➖
Сегодня начался прием заявок на послевузовское образование (докторантура)
Документы на все формы послевузовского образования на 1 квартал 2024 года осуществляется через Единую электронную систему с 15 сентября по 15 октября текущего года.
Ответы на вопросы, возникающие при подаче документов, можно найти в специальной телеграм-группе t.me/phd_technical_admins.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
September 15, 2023
Forwarded from Edu.uz
#e’lon
⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilinadi
Tanlovda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
👉Batafsil
____
Объявляется стипендиальная программа на 2023-2024 учебный год
В конкурсе могут принять участие студенты 3-4 курсов бакалавриата и 1-2 курсов магистратуры, обучающиеся в высших образовательных учреждениях технического направления.
👉Подробно
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilinadi
Tanlovda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
👉Batafsil
____
Объявляется стипендиальная программа на 2023-2024 учебный год
В конкурсе могут принять участие студенты 3-4 курсов бакалавриата и 1-2 курсов магистратуры, обучающиеся в высших образовательных учреждениях технического направления.
👉Подробно
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
September 15, 2023
#Тalaba_yoshlari_forumi
⚡️Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamkorligida o‘tkazilgan Sirdaryo viloyati talaba-yoshlari forumi o'z nihoyasiga yetdi.
✅ Talaba-yoshlar forumida GulDPI yoshlari ham faol ishtirok etdi va o‘z iqtidorlarini namoyon qildi. Xususan, Forum doirasida o‘tkazilgan sportning shaxmat bo‘yicha musobaqasida Guliston davlat pedagogika institutining talabalari Mamatov Behruz 1-o‘rin va O‘sarboyeva Kamola 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🎼

Forum yakunida talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida
“Yoshlar oqshomi” tashkil etildi.
📩GulDPI axborot xizmati 🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
September 16, 2023