GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Talabalar_ligasi
#Shaxmat

⚡️Ayni vaqtda Guliston davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📍Shaxmat - bu intellektual sport turi bo'lib, institutning eng kuchli talabalari gʻoliblik uchun o'zaro bahs olib borishmoqda.

GulDPI axborot xizmati


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #ixtirochilik #ratsionalizatorlik

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!

Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi?

Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz.

Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
✔️ atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
✔️ foydalanishga tayyorligi;
✔️ eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
✔️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
✔️aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
✔️tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:👉 https://t.me/IR_Registratsiya_Bot

Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📚#Tabriklaymiz!
#ilmiy_yutuq

📣 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug’iga asosan Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san`atshunoslik" kafedrasi dotsenti Xayrov Rasim Zalimxon o`g`lining “TASVIRIY SAN’AT FANINI O’QITISH METODIKASI” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda chop etishga ruhsat etildi.

💫GulDPI jamoasi Rasim Xayrovni erishgan yutug’i bilan tabriklaydi va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#adabiy_tadbir

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining sohir sheʼriyat sohibi Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “R.Parfi ijodining o‘ziga xos xususiyatlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📍Tillarni o'qitish kafedrasi ona-tili va adabiyoti o‘qituvchisi Rayhona Ubaydullayeva tomonidan tashkil etilgan adabiyot kechasida kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar va tyutorlar ishtirok etdi.

🖇Ma’lumot uchun, Rauf Parfi 1943- yil 27- sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Rauf Parfi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lib, uning “Karvon yo‘li”, “Aks-sado”, “Tasvir”, “Ko‘zlar”, “Qaytish”, “Sabr daraxti”, “Sukunat”, “Tavba”, “So‘nggi vido” kabi she'riy to‘plamlari nashr etilgan.

🔸 Tadbir so‘ngida talabalar shoir ijodidan she'rlar o‘qishdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Тalaba_yoshlari_forumi

Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamkorligida Sirdaryo viloyati talaba-yoshlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Forum davomida oliygoh talaba-yoshlari shaxmat, zakovat, munozara, mushoira, osh chempionati, futbol, voleybol, stol tennisi va san'at yo‘nalishi bo‘yicha bellashmoqdalar.

🔷Mazkur “Тalaba-yoshlari forumi” “Prezidentning 5 muhim tashabbusi” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil etish, madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

🎺 Forum yakunida "Yoshlar oqshomi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website