GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.3K photos
1.26K videos
49 files
3.87K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#adabiy_tadbir

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining sohir sheʼriyat sohibi Rauf Parfi tavalludining 80 yilligiga bag’ishlangan “R.Parfi ijodining o‘ziga xos xususiyatlari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

📍Tillarni o'qitish kafedrasi ona-tili va adabiyoti o‘qituvchisi Rayhona Ubaydullayeva tomonidan tashkil etilgan adabiyot kechasida kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar va tyutorlar ishtirok etdi.

🖇Ma’lumot uchun, Rauf Parfi 1943- yil 27- sentyabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Rauf Parfi o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan bo‘lib, uning “Karvon yo‘li”, “Aks-sado”, “Tasvir”, “Ko‘zlar”, “Qaytish”, “Sabr daraxti”, “Sukunat”, “Tavba”, “So‘nggi vido” kabi she'riy to‘plamlari nashr etilgan.

🔸 Tadbir so‘ngida talabalar shoir ijodidan she'rlar o‘qishdi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website